O‘zbekiston | 11:13 / 03.05.2023
24552
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda yonib ketgan mashina ichidan inson jasadi topildi

Mashina nega yonib ketgani va uning ichida kim bo‘lgani hozircha aniq emas.

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanal chetidagi yo‘lning oldida “Vaz-2106” rusumli mashina yonayotgani va uning ichida inson jasadi borligi haqida xabar tarqaldi.

Xabarda, mashina Qarshi-Beshkent yo‘li yoqasida yonib ketgani, jasad haydovchi o‘rindig‘ida o‘tirgani aytilgan.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Marhumning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha tegishli ekspertizalar tayinlangan. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Mavzuga oid