Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Yevropa kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida yangi asosiy bitim imzolanishi arafasida, 6 may kuni Toshkentdagi Botanika bog‘ida Yevropa kuni festivali o‘tkaziladi. Unda madaniy ko‘rgazma, turli fleshmoblar, mahorat saboqlari, ijodiy va sport tadbirlari tashkil etiladi. 5 may kuni esa Navoiy nomidagi opera va balet teatrida klassik musiqali konsert bo‘lib o‘tadi.

Foto: by.odb-office.eu
4 may kuni Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi Yevropa kuni tadbirlariga start beradi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
2023 yilda Yevropa kuni ham Yevropada, ham O‘zbekistonda inson kapitaliga urg‘u bergan holda, Yevropa ko‘nikmalar yili doirasida o‘tkaziladi. Shuningdek, Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasining 75 yilligi ham diqqat markazida bo‘ladi.
“Biz moliyalashtiradigan loyihalar va dasturlar orqali ayollar, yoshlar va qishloq aholisini bugungi kunda talabgir bo‘lgan va ularning yanada takomillashishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi kasbiy ko‘nikmalar bilan ta’minlaymiz”, – dedi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.
YeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi Yevropa kuni doirasida qator tadbirlar tashkil etadi.
Jumladan, 5 may kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik opera va balet teatrida klassik musiqali konsert o‘tkaziladi. 6 may kuni esa Toshkent botanika bog‘ida Yevropa kuni festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning ahamiyatini, Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar madaniyati va an’analarining turfa xilligini namoyish etadi, hamkorlik doirasida taklif etilayotgan istiqbollarni o‘rganish imkonini beradi.
Shuningdek, festival keng auditoriya uchun ko‘ngilochar dasturga ham ega: o‘zbek estradasi yulduzlarining chiqishlari, turli mavzularga oid fleshmoblar, mahorat saboqlari, ijodiy va sport tadbirlari, shuningdek tashrif buyuruvchilar uchun raqs maydonlari shular jumlasidandir.
Eslatib o‘tamiz, yaqin oylarda O‘zbekiston bilan YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolanishi kutilyapti. Bitim loyihasi yuzasidan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan va parafinlangan. Hujjat ichki tartib-qoidalar, shu jumladan huquqiy ekspertiza va tomonlarning davlat tillariga tarjima qilinganidan keyin imzolanadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

20:25 / 20.06.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi

09:20 / 02.03.2024
Yevroittifoq kengashi Ukrainaga 50 mlrd yevro ajratishni ma’qulladi

09:16 / 09.05.2023
Yevropa kunida Yevropa komissiyasi rahbari Kiyevga tashrif buyuradi

15:21 / 08.05.2023