Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Surxondaryo va Farg‘onada suv ta’minoti yaxshilash uchun mablag‘ ajratadi
Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda suv ta’minotini yaxshilash uchun 130 mln yevro kredit va 70 mln yevro grant ajratmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Berlinga tashrifini yoritayotgan Kun.uz muxbiriga “O‘zsuvta’minot” raisi Sohib Saifnazarov ma’lum qildi.
Ajratiladigan mablag‘ning asosiy qismi Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadiga yo‘naltiriladi.
Xususan, 126 mln yevro Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarining ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rivojlantirish, 34 mln yevro Termiz shahri oqova suv tizimini yaxshilash, 30 mln yevro Surxondaryo viloyatining tuman markazlarida oqova suv tizimini qurish uchun yo‘naltiriladi. Shuningdek, KfW bankining O‘zbekistondagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 mln yevro yo‘naltiriladi.
Bu borada nemis banki bilan anglashuv memorandumi, yo‘l xaritasi va grant bitimi imzolandi.
Sohib Saifnazarovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ayni paytda aholining markazlashgan suv bilan ta’minlanganlik darajasi 75 foiz. 2026 yilga kelib, bu ko‘rsatkichni 90 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Respublikadagi markazlashgan oqava suv ta’minoti esa 20 foizdan oshmaydi. Tashrif doirasida, “Aqua Sonsult Ingeniyeur GmbH” kompaniyasi bilan “Samarqand viloyatining 6 ta tuman markazlari va shaharchalarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasini hamkorlikda amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi anglashuv memorandumiga imzo chekildi.
Bundan tashqari, “German Vater Partnership” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumga ko‘ra, sohada joriy etilgan suvni va elektr energiyasini tejovchi yangi innovatsion texnologiyalar asosida boshqaruv samaradoriligini oshirish, suv yo‘qotishlarni hamda elektr energiya xarajatini kamida 3-4 barobar kamaytirishga erishilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Atrof-muhit federal agentligi (UBA) bilan hamkorlikda soha mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha har yili Germaniyada o‘rta muddatli ta’lim olish kurslari va amaliyot o‘tashi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, KfW banki O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish uchun 45 mln yevro kredit va 5,5 mln yevro grant ham ajratmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi
Jahon | 20:49
-
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi
Jahon | 20:30
-
NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi
Jahon | 20:11
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
Mavzuga oid

12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi

09:10 / 24.02.2025