Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Polsha «aql markazlari» o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston elchisi Bahrom Boboyev Polshaning yetakchi tahliliy muassasalardan biri - Xalqaro munosabatlar markazi (CSM) direktori Malgojata Bonikovska bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo
Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida ishga solinmagan imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligi alohida qayd etildi. Jumladan, ikki mamlakat tahliliy idoralari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi keng ko‘lamli islohotlar bilan yaqindan tanishish, mamlakatni Polshada sayyohlik yo‘nalishi sifatida tanitish va polyak turistlari oqimini yanada ko‘paytirish masalalari xususida fikr almashildi. Shu maqsadda CSM direktori boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga safarini tashkil etish taklifi bildirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqot instituti, Markaziy Osiy xalqaro instituti va boshqa tahlil markazlari bilan hamkorlik o‘rnatish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv natijasida joriy yil davomida O‘zbekiston talabalari ko‘pchilikni tashkil qiladigan Varshava va Vistula universitetlarida «O‘zbekiston madaniyati kunlari»ni o‘tkazish, Xalqaro munosabatlar markazi va Polshaning nufuzli OAV saytlarida O‘zbekistonda kechayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan materiallarni e’lon qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

09:59 / 21.07.2025
Polsha yana bir bor o‘z fuqarolarini Rossiyaga sayohat qilmaslikka chaqirdi

07:41 / 21.07.2025
O‘zbekiston va Polsha kadrlar tayyorlashni kengaytiradi

07:34 / 14.07.2025
Rossiya Polshaning Kaliningraddagi konsulligini yopishga qaror qildi

08:14 / 09.07.2025