Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 maydan davlat ko‘chmas mulklari va aksiya paketlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi
2023 yil 1 maydan davlat ko‘chmas mulklari va aksiya paketlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, respublika mulki bo‘lgan davlat ko‘chmas mulklari va davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi, bundan Strategik islohotlar agentligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli ulushlar hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish bilan bog‘liq ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar Davaktiv agentligining tegishli buyrug‘i mavjud bo‘lganda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Davlat ko‘chmas mulk obekti va bo‘sh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bitim tuzilgach 10 kun muddatda “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritiladi;
Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat ko‘chmas mulki negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ularni begonalashtirish hamda davlat ishtirokidagi korxonalar va ular tizimidagi korxonalarga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlari (bitim, shartnoma, memorandumlar) bo‘yicha majburiy tartibda Agentlik xulosasi olinadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

22:35 / 08.04.2025
Toshkentdagi «Matbuot uyi» investorga berilgani rad etildi

21:36 / 01.04.2025
“Kvars” davlat ixtiyoriga qaytarilganiga izoh berildi

12:27 / 01.04.2025
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi

15:54 / 07.02.2025