Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shumaxer bilan soxta intervyu nashr etgan jurnal muharriri ishdan bo‘shatildi
U mashhur sportchi, hozirda og‘ir jarohatdan davolanayotgan Mixael Shumaxerning oilaviy hayoti va sog‘lig‘i haqida sun’iy idrok yordamida iqtiboslar keltirgan edi.

Foto: CNN
Germaniyaning Die Aktuelle jurnali bosh muharriri Enn Hoffman Formula-1 bo‘yicha yetti karra chempion Mixael Shumaxer bilan soxta intervyu e’lon qilgani uchun ishdan bo‘shatildi.
Suhbatda iqtiboslarni shakllantirish uchun sun’iy idrok (SI) dasturidan foydalanilgan. 2009 yildan buyon bosh muharrir lavozimida ishlab kelgan Hoffmanning ishdan bo‘shatilganini jurnalga egalik qiluvchi Funke media guruhi xabar berdi.
Mixael Shumaxer 2013 yilda Fransiya Alp tog‘larida chang‘i uchish bilan bog‘liq baxtsiz hodisada boshidan jiddiy jarohat olgan edi. Shundan so‘ng u biror marta omma oldida ko‘rinmadi, sobiq poygachining ahvoli haqidagi ma’lumotlar juda kam. Xabar qilinishicha, Shumaxerning xotirasi, harakati va nutqida muammolari bor va u Jyeneva yaqinidagi uyida parvarish qilinmoqda. Halokatdan keyin uning shaxsiy hayotini ehtiyotkorlik bilan qo‘riqlab kelayotgan oilasi intervyu tufayli sudga murojaat qilish niyatida ekanligini bildirdi.
SI tomonidan yaratilgan va Mixael Shumaxer jarohat olganidan keyingi birinchi intervyu 19 aprel kuni chop etildi. Funke Magazine Group direktori Biyanka Polmann 22 aprel kuni buning uchun uzr so‘radi.
«Ushbu maqola bema’ni, chalg‘ituvchi bo‘ldi va hech qachon paydo bo‘lmasligi kerak edi», dedi Polmann o‘z bayonotida.
«Bo‘lib o‘tgan voqea hech qanday tarzda biz va bizning o‘quvchilarimiz Funke guruhidan kutayotgan jurnalistika standartlariga mos kelmaydi», deyiladi bayonotda.
SI tomonidan yaratilgan intervyuda Shumaxerning baxtsiz hodisadan keyingi oilaviy hayoti va sog‘lig‘i haqida iqtiboslar keltirilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta davomida harorat o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:15
-
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:13
-
Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi
O‘zbekiston | 15:15
-
YeK: Kiyev korrupsiyaga qarshi organlar mustaqilligini saqlashi kerak
Jahon | 15:12
Mavzuga oid

17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi

09:51 / 13.02.2025
Sud Mixael Shumaxerning oilasiga nisbatan shantaj ishi bo‘yicha hukm chiqardi

11:24 / 13.01.2025
Sun’iy idrok ko‘krak bezi saratonini an’anaviy skriningdan yaxshiroq aniqlay oldi

18:26 / 10.12.2024