Mariupoldagi kadr - yil surati deb topildi. World Press Photo g‘oliblaridan biri O‘zbekistonda ham suratlar olgan
Fotojurnalistika sohasidagi eng yirik va eng nufuzli tanlov bo‘lmish World Press Photo talqini bo‘yicha bosh mukofotni Mariupolda ishlagan ukrainalik fotograf Yevgeniy Maloletka qo‘lga kiritdi. «Yil fotosurati» nominatsiyasida Mariupolda Rossiya armiyasi tomonidan o‘qqa tutilgan tug‘uruqxonada olingan surat g‘olib bo‘ldi. Bungacha Maloletkaning shahar uchun janglar chog‘ida olingan suratlari Yevropada eng yaxshilari deb tan olingandi (regionlar bo‘yicha g‘oliblar mart oyi oxirida e’lon qilingandi, bu fotolarni mazkur havolada ko‘rish mumkin). Quyida 2022 yil uchun World Press Photo fototanlovida g‘olib bo‘lgan suratlar keltiriladi.
Yil fotosurati. Yevgeniy Maloletka
Yevgeniy Maloletka va uning The Associated Press nashridagi hamkasbi, videojurnalist Mstislav Chernov Rossiya armiyasi qamali vaqtida Mariupolda ishlagan. Ular boshqa ishlar qatorida rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilgan shahar tug‘uruqxonasidan reportajni ham taqdim etishgandi. Aynan shu suratlardan biri World Press Photo’ning asosiy nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Fotosuratda — zarba oqibatida yaralangan 32 yoshli Irina Kalinina aks etgan. Uning chaqalog‘i jonsiz tug‘ilgan, o‘zi ham biroz o‘tib vafot etgan. Tug‘uruqxonaga zarba oqibatida jami uch kishi halok bo‘lib, 17 kishi yaralangan. Rossiya bu jinoyat uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.

Yil fotohikoyasi. Mads Nissen
Daniyalik fotograf Mads Nissen «Yil fotohikoyasi» nominatsiyasida World Press Photo g‘olibi bo‘ldi. U toliblar boshqaruvidagi Afg‘oniston hayotini tasvirga olgan. Uning suratlaridan birida — oilasi ochdan o‘lmasligi uchun buyragini 3,5 ming dollarga sotishga majbur bo‘lgan 15 yoshli bola aks etgan. Nissenning yana bir asari — AQShning Kobuldagi sobiq elchixonasi fotosidir, uning devorida endi «Allohdan o‘zga iloh yo‘q» yozuvi tushirilgan.
Nissen 2020 yilda, koronavirus pandemiyasi davrida San-Pauludagi keksa kishilar pansionatida olingan surati uchun World Press Photo Gran-prisini qo‘lga kiritgandi.



Mads Nissen / Panos Pictures dlya Politiken

Mads Nissen / Panos Pictures dlya Politiken
Uzoq muddatli loyiha. Anush Babajanyan
Armanistonlik fotograf Anush Babajanyan Markaziy Osiyodagi suv tanqisligi mavzusiga bag‘ishlangan fotosuratlari seriyasi bilan «Uzoq muddatli loyiha» nominatsiyasida World Press Photo g‘olibiga aylandi. Sug‘orish va melioratsiya texnologiyalari samarasizligi, suv ta’minoti infratuzilmasi eskirgani, suv resurslari notekis taqsimlangani tufayli O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston u yoki bu darajada aziyat chekmoqda. Babajanyan suv tanqisligi ushbu mamlakatlar aholisi hayotiga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatib beradi.
Qozog‘iston

Qirg‘iziston


O‘zbekiston

Anush Babajanyan / VII Photo; National Geographic Society / World Press Photo 2023

Anush Babajanyan / VII Photo; National Geographic Society / World Press Photo 2023

Anush Babajanyan / VII Photo; National Geographic Society / World Press Photo 2023
Tojikiston




Mavzuga oid

14:30 / 05.07.2025
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi

12:45 / 05.07.2025
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi

18:38 / 04.07.2025
Rossiyaning yozgi yurishi: Ukrainadagi vaziyat bir oy ichida qanday o‘zgardi?

13:50 / 04.07.2025