Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimliklar dehqon xo‘jaliklariga yetishtirilgan mahsulotlar bozorini topishga ko‘maklashadi

Foto: Kun.uz
“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Oilaviy dasturlar bo‘yicha kreditlar foizi yillik 14 foizdan oshmaydi. Bunda, kreditlar ustuvor ravishda dasturlar bo‘yicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi, dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lagan kichik tadbirkorlarga o‘z faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi.
Shuningdek:
- hokimliklar dehqon xo‘jaliklariga yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda “bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulotlar yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlar bozorini topishga ko‘maklashadi;
- Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi narxlar asossiz o‘sishining oldini olish, yetkazib berilayotgan mahsulotlar (ko‘rsatilayotgan xizmatlar) narxlarining hududdagi ichki bozor narxlariga mutanosib bo‘lishini ta’minlaydi;
- hokim yordamchilarining kredit ajratish bo‘yicha tavsiya berishiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi;
- “marketpleys” tizimi “Ye-aktiv” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.
Dasturlar doirasida 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar:
- prezident qaroriga asosan zargarlik ishi yo‘nalishi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan shaxslarga zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va asbob-uskunalar sotib olish uchun;
- agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlarga ajratiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:22
-
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:15
-
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Jahon | 19:14
-
Janubiy koreyalik baliqchilar 1,9 mln dollarlik tunetslarni dengizga qo‘yib yubordi
Jahon | 19:12
Mavzuga oid

19:42 / 23.06.2025
Furqat tumanida mahalla raisi hokimlikdagi yig‘ilishdan chiqib vafot etdi

17:45 / 16.06.2025
Prezident tumanlarda boshqaruv tizimi o‘zgarishini e’lon qildi

09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

09:15 / 05.05.2025