Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya: Rossiyadagi elektron chaqiruv qog‘ozlari safarbarlikning yangi to‘lqinidan darak bermaydi
Rossiyada elektron chaqiruv qog‘ozlarining joriy etilishi armiyani shakllantirish bo‘yicha uzoq muddatli yondashuvning bir qismidir, biroq mamlakatda safarbarlikning yangi to‘lqini boshlanganidan dalolat bermaydi, deb yozadi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi.

Foto: Globallookpress
Moskva hozirda qo‘shinlarga «qo‘shimcha ko‘ngillilarni jalb qilishga» ustuvor ahamiyat bermoqda va «Ukrainadagi mojaro uzoq davom etishini» kutmoqda, deya qo‘shimcha qildi London.
Bir necha soat oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy xizmatga majbur bo‘lganlarning yagona reyestrini yaratish va elektron chaqiruv qog‘ozlarini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lgan shaxslarga chaqiruv qog‘ozi olinganligi to‘g‘risida tilxat bilan yozma ravishda yoki buyurtma xati orqali yuborilishi mumkin. Elektron chaqiruv qog‘ozi davlat xizmatlari saytining shaxsiy kabinetiga joylashtirilgan paytdan boshlab topshirilgan hisoblanadi.
Agar chaqiruv qog‘ozi yozma yoki elektron shaklda topshirilmagan bo‘lsa, u reyestrga kiritilgan kundan boshlab yetti kun o‘tgach topshirilgan hisoblanadi.
Chaqiruv qog‘ozi olingan kundan boshlab 20 kun ichida harbiy komissarlikka kelmaganlarga cheklovlar qo‘yiladi. Shu tariqa, ularga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, transport vositalari va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, transport vositasini boshqarish huquqi rad etilishi, kredit berish esa taqiqlanishi mumkin.
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi kerak bo‘lganlar chaqiruv qog‘ozini olgan kundan boshlab, harbiy komissarlikka kelguniga qadar Rossiyadan chiqib keta olmaydi.
Mavzuga oid

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

16:30 / 12.07.2025