Bektemirdagi maktabda o‘quvchi o‘zini 3-qavatdan pastga tashladi
O‘zini 3-qavatdan tashlagan o‘quvchi yigit Bektemir tumanidagi 289-maktabning 11-sinfida o‘qiydi. U tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan. Bola tirik ekani va unga jiddiy zarar yetmagani ma’lum qilindi.

Toshkent shahri Bektemir tumanidagi 289-maktabning 11-sinf o‘quvchisi (o‘g‘il bola) o‘zini 3-qavatdan pastga tashlagan. U tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi.
Kun.uz holatga oydinlik kiritish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati bilan bog‘landi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchi tirik va unga jiddiy zarar yetmagan. O‘quvchi bilan bog‘liq holat nazoratga olingani va sabablari surishtirilayotganini bildirildi.
Shuningdek, holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bayonot berdi. Ta’kidlanishicha, 11-sinf o‘quvchisi tanaffus vaqtida maktabning ichki binosi 3-qavati oynasidan tashqariga qaraganida o‘z muvozanatini yo‘qotgan va pastga tushib ketgan.
“O‘quvchilar bu haqda maktab ma’muriyatini xabardor qilgan. Shu zahotiyoq maktab hamshirasi o‘quvchi S.A. ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. So‘ngra tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yetkazilgan. Ayni paytda S.A.ning salomatligi yaxshi va jarohat olmagan”, — deyiladi rasmiy izohda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirobod tumanidagi 110-sonli maktab o‘quvchisi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Vazirlik matbuot xizmati mazkur holat bo‘yicha bayonot berib, voqea dars vaqtida emas (ijtimoiy tarmoqlarda voqea jismoniy tarbiya darsida ro‘y bergani haqida mish-mish tarqalgandi), darsdan so‘ng ro‘y berganini qayd etgandi.
Mavzuga oid

11:04 / 08.04.2025
Toshkent shahrida ikki tuman yo‘llarini ta’mirlashga 8 mlrd so‘m ajratildi

19:38 / 29.01.2025
Yaponiyada 2024 yilda bolalar o‘rtasida rekord darajada o‘z joniga qasd qilish holatlari qayd etildi

19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi

21:40 / 19.04.2024