Jahon | 15:50 / 14.04.2023
8459
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina 82 nafar halok bo‘lgan askarning jasadi qaytarilganini e’lon qildi

Ukraina 82 nafar halok bo‘lgan askarning jasadini qaytarib berdi, deya ma’lum qildi vaqtinchalik okkupatsiya qilingan hududlar reintegratsiyasi vazirligi. 

Illyustrativ foto

«Ukrainaning vaqtincha okkupatsiya qilingan hududlaridan jasadlarni topshirish Reintegratsiya vazirligi huzuridagi bedarak yo‘qolganlar bo‘yicha komissar boshqarmasi ko‘magida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda amalga oshirildi», — deyiladi Telegram-kanaldagi xabarda. 

Qayd etilishicha, jasadlarni qaytarish jarayoni Jyeneva konvensiyasi normalariga muvofiq amalga oshirilyapti. 

Rossiya tomoni almashinuv haqida ma’lumot taqdim etmadi va Ukraina vazirligi bayonotiga izoh bermadi.

Mavzuga oid