Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent irrigatsiya-drenaj tizimini ta’mirlash uchun 700 mln so‘m ajratiladi
Tegishli qaror 7 aprel kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqov tomonidan imzolangan.

Foto: Kun.uz
Hujjatda aytilishicha, kanalizatsiya va drenaj tizimini ta’mirlash, yangi beton lotoklar yotqizish uchun poytaxt budjetining zaxira fondidan 700 mln so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi.
Yuqoridagi chora-tadbirlar yomg‘ir paytida suv toshqini oldini olish uchun amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqov ko‘chalarni suv bosishi muammosini hal qilishga va’da bergan edi.
Shuningdek, 5 aprel kuni prezident raisligida Yangi O‘zbekiston massivlarida turar joy binolari qurish va 2023 yilda ipoteka dasturini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Toshkent shahar hokimligi va Qurilish vazirligiga ikki hafta muddatda drenaj tizimi muammosini hal etish bo‘yicha dastur qabul qilishni topshirdi.
2022 yil may oyida hokimlik poytaxtdagi mavjud drenaj tizimi 1970-yillarning boshida loyihalashtirilgani va 1990-yillargacha foydalanishga topshirilgani haqida xabar bergan edi. O‘shanda Toshkent ko‘chalarini suv bosish muammosi bilan AQShda yashovchi o‘zbek olimi shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi. Hozircha hech qanday natija yo‘q.
Kuni kecha ikki soatlik yomg‘ir butun shahar bo‘ylab kanalizatsiya-drenaj tizimida kollapsga olib keldi. Shahar hokimligi buni Toshkent shahridagi mavjud drenaj tarmoqlari kuchli yomg‘irga bardosh bera olmasligi bilan izohladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 mlrd dollarlik investitsiya, 100 mln tonna neft va 35 mlrd kub metr gaz – SOCAR bilan imzolangan bitim tafsilotlari
O‘zbekiston | 18:25
-
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20
-
Har uch o‘zbekistonlikdan biri pul jamg‘armaydi - so‘rovnoma
Iqtisodiyot | 17:52
-
“Navoiyuran” va NKMK xodimlari uran radioaktiv moddasini sotishga uringani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:32
Mavzuga oid

16:13
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi

13:15
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025