Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rta Yer dengizida migrantlar yana ommaviy ravishda cho‘kmoqda
RESQSHIP va Alarm Phone inson huquqlari tashkilotlari O‘rta Yer dengizida cho‘kib ketgan va hali ham qiyin ahvolda qolgan qochqinlar bo‘lgan kemalar haqida xabar bermoqda.

Foto: AP
9 aprel, yakshanba kuni Germaniyaning inson huquqlari bo‘yicha RESQSHIP notijorat tashkiloti xabar berishicha, bir kechada Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yo‘l olgan kamida 23 nafar muhojir O‘rta Yer dengizida halok bo‘ldi. Unga ko‘ra, tashkilot xodimlari dengizda kemasi cho‘kib ketgan 25 kishini topdi. Topish vaqtida ular bir necha soat dengizda bo‘lishgan.
«Bularning hammasi qachon tugaydi? Qachongacha boshqa tomondan qarash mumkin, siyosatchilar qachongacha bu o‘yinni o‘ynashmoqchi? Gap odamlar hayoti haqida ketmoqda», deb yozgan RESQSHIP vakillari Twitter'da.
Shu bilan birga, boshqa bir inson huquqlari tashkiloti - Alarm Phone 400 nafar muhojir bo‘lgan yana bir kema dengizda cho‘kayotgani haqida xabar bermoqda - uning yoqilg‘isi tugab, asta-sekin suv bilan to‘lmoqda, kapitan esa uni tark etgan. Kema Malta suvlarida suzmoqda, biroq Malta hukumati yordamga shoshilmayapti va boshqa hech bir davlat kemani qabul qilishga rozi emas.
2023 yil boshidan buyon 28 mingdan ortiq muhojir O‘rta Yer dengizi orqali Italiyaga yetib keldi. Butun 2022 yil davomida ularning soni atigi 6800 edi, deb yozadi Reuters.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada taniqli siyosatshunos Yekaterina Shulman sirtdan hibsga olindi
Jahon | 10:28
-
Germaniyada poyezd izdan chiqib ketdi, qurbonlar bor
Jahon | 10:23
-
O‘zbekiston-Vengriya maxsus industrial zonasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:16
-
Rossiya Markaziy banki ketma-ket ikkinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 10:01
Mavzuga oid

13:26 / 22.07.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

11:49 / 21.07.2025
Pokistonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

19:00 / 17.07.2025
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 27 foizga ko‘paydi

19:01 / 10.07.2025