Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada safarbar qilingan ikki shaxs urushda qatnashishdan bosh tortgani uchun 3 yilga qamaldi
Belgoroddagi harbiy qismda harbiy maydon qurilishi paytida qo‘lga olingan Yuriy Degtyarev va Aleksey Selivanov «maxsus harbiy operatsiya» doirasida harbiy harakatlarda qatnashish to‘g‘risida qo‘mondon buyrug‘ini bajarishdan bosh tortgani uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda jinoiy ish materiallari bilan tanish bo‘lganlarga tayanib, «Kommersant» gazetasi xabar berdi.

Videodan kadr
Hukm 2022 yil 22 dekabrda chiqarilgan. Okrug sudi himoya shikoyatini ko‘rib chiqib, jazoni yengillashtirishdan bosh tortdi va qarorni o‘zgartirishsiz qoldirdi.
Rossiyaning Bryansk viloyatida 1 aprel oqshomida safarbar etilgan shaxs Ukrainadagi janglarda ikki jiyani halok bo‘lganini bilib, o‘nga yaqin harbiyni garovga olgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Samara viloyatining Chapayevsk shahridan safarbar qilingan 35 yoshli Dmitriy D. avtomat va granata bilan qurollangan bo‘lib, kerak bo‘lsa, ularni qo‘llash bilan tahdid qilgan. Erkak safarbar qilingan besh nafar oddiy askar va uch zobitni garovga olgan. U hech qanday talablar qo‘ymagan. Aytilishicha, garovga olinganlardan biri favqulodda xizmatlar bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan xavfsizlik kuchlari mojaroni bartaraf etishdi: Dmitriy D. garovga olinganlarni qo‘yib yubordi va taslim bo‘ldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 sentabr kuni Ukrainaga qarshi urush uchun «qisman safarbarlik» haqida e’lon qildi. Safarbar qilinganlardan tegishli tayyorgarliksiz hujum bo‘linmalariga o‘tkazilgani, jihozlarning yetishmasligi va qo‘mondonlar tomonidan qo‘pol munosabatda bo‘lgani haqida bir necha bor shikoyatlar kelib tushgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

20:48 / 13.07.2025
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi

18:58 / 13.07.2025
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025