Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Umrzoqov Toshkent shahrining yangi hokimi bo‘ldi
U muqaddam ko‘p yillar prokuratura tizimida ishlagan, 2018 yildan buyon «O‘zavtosanoat»ga rahbarlik qilib kelmoqda.

Foto: Kun.uz
«O‘zavtosanoat» raisi Shavkat Bo‘ronovich Umrzoqov nomzodi Toshkent shahar hokimi lavozimi uchun ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz» bir necha manbasiga tayanib xabar berdi.
- Ko‘p o‘tmay prezident administratsiyasiga yaqin hisoblangan Davlat boshqaruvi telegram-kanali esa Shavkat Umrzoqovni Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida e’lon qildi.
Shavkat Umrzoqov 1979 yilda tug‘ilgan, muqaddam prokuratura tizimida ishlagan, 2011 yil iyunidan 2013 yil sentabriga qadar Toshkent viloyati prokuraturasining iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan, 2013-2018 yillarda O‘zbekiston bosh prokuraturasida Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2018 yil iyunida «O‘zavtosanoat» raisi etib tayinlangandi.
«Mehnat shuhrati» ordeni (2020) va «Sodiq xizmatlari uchun» medali (2013) bilan taqdirlangan.
- Eslatib o‘tamiz, 2018 yil aprelidan buyon Toshkent shahriga hokimlik qilib kelgan Ortiqxo‘jayev 2023 yilning ilk haftalarida shaharda elektr va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq jiddiy muammo yuzaga kelishi ortidan 16 yanvar kuni ishdan bo‘shatildi.
- Shundan so‘ng, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Novosibirskda mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat | 08:30
-
YeI sudi xavfsiz mamlakatlar ro‘yxati uchun cheklov o‘rnatadi
Jahon | 08:09
-
Qurilish obektlarida QR kodli pasport o‘rnatiladi
Ko‘chmas mulk | 07:58
-
Multimilliarder Timchenko Yevroittifoq sanksiyalarini oldirib tashlolmadi
Jahon | 07:48
Mavzuga oid

00:58 / 02.08.2025
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi

14:54 / 01.08.2025
Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonga prokuror bo‘ldi

19:23 / 31.07.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

21:13 / 30.07.2025