Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MMTV «Tashabbusli budjet» doirasida o‘qituvchilarni ovoz berishga undash holatlarini o‘rganadi
Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi o‘qituvchilarga ushbu loyihada ovoz yig‘ish uchun majburiy topshiriq berilayotgani, topshiriqni bajarishga bee’tibor qarayotgan o‘qituvchilarga kerakli chora ko‘rish bilan tahdid qilinayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi «Tashabbusli budjet» doirasida o‘qituvchilarni ovoz berishga majburlash holatlari yuz berayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni jiddiy o‘rganadi. Bu haqda vazir Hilola Umarova xabar berdi.
Uning qayd qilishicha, «Tashabbusli budjet» portaliga joylanayotgan ijtimoiy loyihalar orasida maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarini ta’mirlash ishlari ham yetakchilik qiladi. Bu jarayonda o‘qituvchilar, o‘quvchilar hatto ota-onalar ham tashabbus ko‘rsatib, o‘zi mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan yoki farzandi ta’lim olayotgan ta’lim dargohini obod qilish uchun ovoz berishda shaxsiy tashabbus ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, Hilola Umarova ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ba’zi salbiy holatlar haqidagi xabarlar vazirlik tomonidan o‘rganilishini ma’lum qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlar orqali joylarda ba’zi o‘qituvchilarga ushbu loyihada ovoz yig‘ish uchun majburiy topshiriq berilayotgani, topshiriqni bajarishga bee’tibor qarayotgan o‘qituvchilarga kerakli chora ko‘rish bilan tahdid qilinayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalib, ular Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan jiddiy o‘rganilmoqda», deyiladi xabarda.
Umarovaning ta’kidlashicha, «Vazirga murojaat» portaliga o‘qituvchilardan ushbu mazmundagi murojaatlar kelib tushmagan. Shuningdek, prezident qaroriga ko‘ra, pedagoglarni xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
«Tashabbusli budjet» loyihasi faqat tashabbusga asoslanadi, bunda hech kimni majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi!», deb qo‘shimcha qildi Umarova.
Shu bilan birga, vazir o‘qituvchilarni ushbu loyiha doirasida majburiy ovoz yig‘ishga jalb etish holatlari kuzatilsa, vazirlikning ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishini tavsiya etdi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

10:00 / 10.08.2025
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti

21:19 / 07.08.2025
Samarqandda ham o‘qituvchilar maktab ta’mirlashga jalb etildi

21:20 / 06.08.2025
Andijonda mahbuslarni vaqtincha saqlash hibsxonasi rahbari ishdan bo‘shatildi

13:39 / 05.08.2025