Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridan tarixiy ko‘za topildi

Foto: Madaniy meros agentligi axborot xizmati
Toshkent shahri Yashnobod tumanidan tarixiy ko‘za topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Toshkent shahar prokuraturasi va shahar madaniy meros boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi madaniy meros obektlarini monitoring qilish jarayonida tarixiy ko‘za topilganini ma’lum qilgan. Toshkent viloyatidan (Qibray tumanining bir qismi) Toshkent shahriga (Yashnobod tumaniga) o‘tgan qismida joylashgan «To‘qay tepa» arxeologik yodgorligidan topilgan.
Ko‘za o‘lchamlari: balandligi 80 sm, diametri 188 sm bo‘lib, yaxshi holatda saqlangan.
Topilma belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyiga topshirildi. Hozirda muzey ilmiy xodimlari tomonidan ushbu tarixiy topilmaning yasalgan davri aniqlanmoqda.
- Avvalroq Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidan Salavkiylar sarkardasining noyob ko‘zasi topilgani haqida xabar berilgandi.
- Shuningdek, Surxondaryo viloyati Denov tumanida milodiy I-II asrlarga tegishli xum idish topilgan. Xumning tarixiylik ahamiyatini o‘rganish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyi va Termiz davlat universiteti tarixchi olimlari tomonidan butunligicha qazib olinib, restavratsiya qilish va o‘rganish ishlarini olib borish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyiga olib borilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp yangi dedlayn belgiladi – endi Putin o‘t ochishni 10-12 kun ichida to‘xtatishi kerak
Jahon | 18:33
-
2 mlrd dollarlik investitsiya, 100 mln tonna neft va 35 mlrd kub metr gaz – SOCAR bilan imzolangan bitim tafsilotlari
O‘zbekiston | 18:25
-
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20
-
Har uch o‘zbekistonlikdan biri pul jamg‘armaydi - so‘rovnoma
Iqtisodiyot | 17:52
Mavzuga oid

07:53 / 14.07.2025
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi

13:31 / 10.07.2025
Maxtumquli ko‘chasida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

12:05 / 07.07.2025
Toshkentdagi mahallada giyohvandlik vositasini iste’mol qilgan yosh yigitlar aniqlandi

14:38 / 24.06.2025