«Ramshtayn» 15 mart kuni Ukrainaga yangi yordamni muhokama qiladi
15 mart kuni Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhining yangi yig‘ilishi («Ramshtayn» formati deb ataladi) bo‘lib o‘tadi, deb yozdi Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Facebook'dagi sahifasida.

Foto: Reuters
Shuningdek, u Mikolayiv va Odessa viloyatlariga tashrif buyurgan Niderlandiya mudofaa vazirligi rahbari Kaysa Ollongren bilan «Ramshtayn» formatidagi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik bo‘yicha muhim masalalarni» muhokama qilganini aytdi.
Bundan tashqari, Reznikov amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan telefon orqali muloqot qilgan hamda «hamkorlik va g‘alaba sari yo‘l» haqida fikr almashgan.
Avvalroq Yevropa Ittifoqining bosh diplomati Ukraina va xalqaro prokuraturaga harbiy jinoyatlarni tergov qilish uchun yangi harbiy yordam berilishini bildirgandi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi Ukrainaga Yevropa tinchlik jamg‘armasi (European Peace Facility) orqali umumiy qiymati 500 million yevro bo‘lgan yettinchi harbiy yordam transhini berishga kelishib oldi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qilgan.
U, shuningdek, YeI davlatlari tomonidan Ukraina harbiylarini tayyorlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqining maxsus missiyasi uchun yana 45 million yevro ajratish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. 15 000 nafar ukrainalik askarni asosiy tayyorgarlikdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ushbu missiya 2022 yil oxirida Polshada boshlangan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35
Mavzuga oid

14:30
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi

12:45
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi

18:38 / 04.07.2025
Rossiyaning yozgi yurishi: Ukrainadagi vaziyat bir oy ichida qanday o‘zgardi?

13:50 / 04.07.2025