Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islomjon Ergashxo‘jayev Jizzax viloyati prokurorligi lavozimida qoldi
U muqaddam Toshkent viloyati hokimi va O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Islomjon Ergashxo‘jayev Jizzax viloyati prokurori lavozimiga ikkinchi muddatga tayinlandi.
«Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Islomjon Jasurovich Ergashxo‘jayev Jizzax viloyati prokurori lavozimiga ikkinchi muddatga tayinlandi», deyiladi xabarda.
Islomjon Ergashxo‘jayev 1970 yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda universitet) tamomlagan.
1999-2004 yillarda Bosh prokuraturada turli lavozimlarda ishlagan, 2009 yilga qadar Toshkent shahri Mirobod tumani prokurori bo‘lgan. 2009-2011 yillarda Toshkent viloyatining Ohangaron shahri prokurori, 2011 yilda Ohangaron tumani prokurori bo‘lgan, 2011 yildan 2016 yil martiga qadar Piskent tumani hokimi lavozimini egallagan.
2016 yil martida esa Toshkent viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi.
2016 yil 15 avgustida Toshkent viloyati hokimligida yarim yildan ortiqroq ishlagan Sodiq Abdullayev o‘rnida ish boshlaydi. Uning o‘zi ham hokimlikda ko‘p vaqt qolmaydi va 2016 yil dekabrida O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimiga o‘tkaziladi. 2017 yil noyabridan buyon esa Jizzax viloyati prokurori lavozimida ishlab kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vetnamda ichida sayyohlar bo‘lgan kater ag‘darilib ketdi
Jahon | 09:39
-
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:05
-
Usik Dyubuani chuqur nokautga tushirdi
Sport | 08:21
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
Mavzuga oid

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025