Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina: otib tashlangan askarning shaxsi hali yakuniy tarzda aniqlanmadi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Chernihiv viloyatidan askar Aleksandr Matsiyevskiy qatl videosidagi askar bo‘lgan, uni qarindoshlari tanigan.

Foto: Videodan kadr
Ukraina Qurolli kuchlari qurolsiz ukrainalik askarning qatl etilgani bo‘yicha tergovni davom ettirmoqda, uning videosi avvalroq internetda paydo bo‘lgan edi. Harbiy xizmatchining shaxsi hali yakuniy aniqlanmagan, deb xabar qildi Ukraina Qurolli kuchlarining «Sever» hududiy mudofaa kuchlari boshqarmasi 9 mart, payshanba kuni. «Bugungi kunga kelib biz ushbu videodan Ukraina Qahramonining shaxsi aniqlangani haqidagi taxminlarni na tasdiqlay, na inkor eta olmaymiz», — deb yozadi boshqarma Facebook’da.
Ukraina Qurolli kuchlari rasmiy tergovning to‘liq yakunlanishini kutishga va muddatidan oldin xulosa chiqarmaslikka chaqirib, avvalgi bayonot faqat marhumning yaqin qarindoshlari va hamkasblarining bayonotlariga asoslanganini ta’kidladi.
Bir kun avval o‘sha bo‘linma o‘lgan deb taxmin qilingan askar nomini ko‘rsatgan holda bayonot tarqatdi. U Chernihiv viloyati hududiy mudofaasi 119-alohida brigadasining 163-bataloni jangchisi Aleksandr Matsiyevskiy edi, deyiladi qo‘mondonlik xabarida. Unga ko‘ra, 30 dekabr kuni Matsiyevskiy to‘rt nafar harbiy xizmatchi bilan birgalikda Soledar yaqinida Rossiya kuchlariga qarshi jangga kirgan, shundan so‘ng ular bilan aloqa uzilgan.
Bundan tashqari, Aleksandr Matsiyevskiyni videoda onasi, o‘g‘li va hamkasblari tanib qolgan. «Suspilne» telekanali Matsiyevskiyning onasi Paraska Demchuk bilan suhbatni e’lon qildi. Marhumning jasadi Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘liklarni almashish doirasida qarindoshlariga topshirilgan, ular uning shaxsini aniqlagan.
Mavzuga oid

08:47
«Naftogaz Ukrainy»: Kiyev birinchi marta Ozarboyjondan gaz oladi

20:05 / 29.07.2025
Rossiya Zaporijjyadagi koloniyaga zarba berdi

16:37 / 29.07.2025
Tramp endi Putin bilan suhbatlashishdan manfaatdor emasligini aytdi

15:20 / 29.07.2025