Doimo hayratlantiradigan maskan - Boysun | Manzil
"Manzil" Samarqand-Qashqadaryo-Surxondaryo yo‘nalishi bo‘yicha sayohatining so‘nggi manzili Boysunga yo‘l oldi. Qamashidan yo‘lga chiqib, o‘ziga xos ajoyib maskanlarni tomosha qilib, Surxondaryoga yetib keldik. Sayohatimiz mobaynida Boysunning Duoba hamda Omonxona qishloqlarini tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldik.

Duoba qishlog‘i Boysun markazidan 35 km uzoqda, tog‘lar oshib boradigan yerda joylashgan. Ikki suv ma’nosini beruvchi ushbu qishloqqa faqat tog‘da yurishga mo‘ljallangan mashinalardagina borish mumkin. Qalin yog‘gan qor shunday mashinalar harakatini ham qiyinlashtirgan. Bir kunda bir marta borish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos maskanda insonlar qanday yashashi bilan qiziqdik.
Duobaliklarning asosiy tirikchiligi bog‘dorchilik va chorvachilikdir. Qishloqqa kelgan odam tabiat go‘zalligini ko‘rib hayratda qoladi.
Ikkinchi manzilimiz esa Omonxona qishlog‘i bo‘ldi. Bu yerda yer ostidan ko‘plab kasalliklarga shifo bo‘luvchi suv chiqadi. Jigar kasalliklari uchun foydali suv bo‘lgani uchun bu yerga kelib davolanuvchilar soni juda ko‘p.
Avvalroq Boysunning Darband qishlog‘iga sayohat qilgandik. U sayohatimiz ham bu galgi sayohatimiz ham insonni hayratga soladigan darajada taassurotlarga boy bo‘ldi. Ko‘rsatuvimizni tomosha qilib, o‘zingiz bunga amin bo‘lishingiz mumkin.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

19:06 / 03.06.2025
Qatldan qochganlar: mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng shov-shuvli qamoqdan qochish ishi

12:05 / 02.06.2025
O‘zbekiston Rossiyadan turistlar oqimini oshiradi

19:09 / 30.05.2025
Sariosiyo aeroporti 30 yildan so‘ng faoliyatini tikladi

13:44 / 30.05.2025