O‘zbekiston | 11:06 / 07.03.2023
2579
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillari birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Bugun Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Kun.uz

Tadbirda O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etadi.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish va uzoq muddatli tinchlik hamda barqarorlikni o‘rnatish bo‘yicha tomonlarning o‘zaro hamkorligi, shuningdek, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilinadi.

Mavzuga oid