Qonunchilik palatasi va Senatning mutlaq vakolatlari ko‘paytirilmoqda
Qonunchilik palatasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan - Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Qonunchilik palatasi
Unda yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Parlament faoliyati bilan bog‘liq konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari qayta ko‘rib chiqildi. Bunda, Qonunchilik palatasi bilan Senatning birgalikdagi vakolatlari hamda har bir palataning alohida-alohida vakolatlari va mas’uliyat sohalari aniq belgilab berilmoqda. Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari 5 tadan 12 taga, Senatniki esa 14 tadan 18 taga ko‘paytirilmoqda.
Ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, hududiy manfaatlarni ifodalovchi organ sifatida Senatning mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish kabi muhim vakolat Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilmoqda. Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari sifatida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy ma’ruzani eshitish belgilanmoqda. Bu ikkala palataning mazkur yo‘nalishdagi samarali hamkorligini ta’minlagan holda, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ijobiy o‘zgarishlar uchun mustahkam zamin yaratadi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror va «O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq mas’ul qo‘mitalarning xulosasi qabul qilindi.
Mavzuga oid

11:22 / 27.02.2025
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga qariyb 200 tadan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘ri keldi

12:15 / 22.02.2025
O‘zbekiston Orxus konvensiyasiga qo‘shilmoqda

20:46 / 21.02.2025
Aksiyadorlik jamiyati xodimlariga aksiya sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

23:15 / 20.02.2025