Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Avstriya gidroenergetika sohasida hamkorlikni boshlamoqchi
Avstriya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasining navbatdagi qishki sessiyasidagi ishtiroki doirasida Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Avstriya parlamenti Federal kengashi - yuqori palatasi prezidenti Gyunter Kovach bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari hamda parlamentlararo aloqalarning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Avstriya parlamenti Federal kengashi prezidentining aytishicha, Avstriya hukumati O‘zbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga katta e’tibor qaratmoqda. «O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasida gidroenergetika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish va sanoatda qayta ishlash sohalarida o‘zaro hamkorlik uchun keng imkoniyatlar mavjud», dedi u.
Tomonlar qayd etilgan sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida Avstriya va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi, xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT, YeXHT doirasida ko‘p tomonlama hamkorligini yanada chuqurlashtirish istiqbollariga ham e’tibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

14:46 / 20.06.2025
Avstriya O‘zbekistonda agroklasterlar tashkil etishga tayyor

19:34 / 10.06.2025
Avstriyadagi maktabda otishma: to‘qqiz kishi halok bo‘lgan

14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi

15:25 / 30.04.2025