Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashabbusli budjet dasturlari uchun 8 trillion so‘m ajratiladi
Shundan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari uchun 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi prezident tomonidan imzolandi.
Unda «Yangi O‘zbekiston» massivlarini rivojlantirish va aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish chora-tadbirlari belgilandi.
Jumladan, 2023 yilda «Yangi O‘zbekiston» massivlari va 161 ta boshqa massivda, jumladan, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan yangi uy-joy qurishning yillik hajmlari 1,6 baravarga oshirilib, 90 mingga yetkaziladi.
Bunda, uy-joy hamda ijtimoiy va savdo obektlarini loyihalashtirish va qurishda avtotransport vositalarining turargohlari, shu jumladan ko‘p qavatli va yerosti avtoturargohlar majburiy ravishda barpo etilishi ta’minlanadi.
32 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka krediti, shuningdek 11 ming nafar fuqaroga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga subsidiya ajratish uchun davlat budjetidan yetarli mablag‘ yo‘naltiriladi.
Aholini bozor tamoyillari asosida ipoteka krediti orqali uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida mulk huquqi asosida uy-joyga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida «Mening birinchi uyim» dasturi ishlab chiqilib, amalga oshiriladi.
Xalqaro va mahalliy fond birjalarida «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi»ning ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish uchun kompaniyaning ustav fondi 100 mln AQSh dollari ekvivalentiga yetkaziladi. Bunda, ipoteka obligatsiyalarini joylashtirish hisobiga jalb qilingan mablag‘lar ipoteka kreditlari uchun resurs sifatida banklarga joylashtiriladi.
Tashabbusli budjet amaliyotini hamda mahallalarning moliyaviy mustaqilligini kengaytirish maqsadida:
2023 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 8 trillion so‘m, shundan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari uchun 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
2023 yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 4 trillion so‘m ajratiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 3 oy muddatda loyihalarni jamoatchilik fikri va «Ochiq budjet» portalida to‘plangan ovozlar asosida moliyalashtirishning samarali tizimini yaratish va amaliyotga kiritish vazifasi yuklanadi. Bunda, ovoz berish jarayonini xolis va ma’muriy aralashuvlarsiz tashkillashtirishning aniq mexanizmlarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratiladi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayoni boshlandi
Ta’lim | 11:20
-
Yaponiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 11:19
-
Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 10:57
-
Lazer epilyatsiyasi teri saratonga sabab bo‘ladimi? Mutaxassislar javob berdi
Ayollar dunyosi | 10:51
Mavzuga oid

01:06 / 15.07.2025
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi

22:42 / 14.07.2025
«Tashabbusli budjet»da 823 ta mahallaga tanaffus berildi

09:59 / 04.07.2025
“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15 iyuldan boshlanadi

20:37 / 08.04.2025