Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Kiyevga qo‘shimcha Leopard 2 tanklarini yuboradi
Germaniya Ukrainaga Bundesver zaxiralaridan yana to‘rtta Leopard 2 A6 tankini yetkazib beradi va ularning umumiy sonini 18 taga yetkazadi. Bunday qaror Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius tomonidan qabul qilindi.

Foto: U.S. Army photo
«Portugaliya va shved hamkorlarimiz bilan birgalikda biz Ukraina tank batalonini to‘liq jihozlash imkoniyatiga egamiz», — deb yozdi Germaniya Mudofaa vazirligi Twitter'da. Ukraina batalon, qoida tariqasida, 31 ta tankka ega bo‘ladi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ittifoqchilarni Germaniyaga ergashishga va Ukrainani Leopard asosiy jangovar tanklari bilan ta’minlashga chaqirdi.
«Biz Ukraina o‘zini himoya qilishi va insonlar hayotini saqlab qolishi uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak, shuning uchun yetkazib beriladigan modelga o‘xshashi bor boshqa hamkor davlatlarni bunday tanklar bilan ta’minlashga qat’iy chaqiramiz», dedi Berbok 17 fevral kuni Germaniyaning Bayerischer Rundfunk ommaviy media kompaniyasiga bergan intervyusida.
Germaniya tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, ayrim davlatlar allaqachon Ukrainaga Leopard tanklarini yetkazib berishni va’da qilgan. «Ammo bizga bunda ishtirok etadigan boshqa davlatlar ham kerak, bu haqiqatan ham insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin», dedi Berbok.
Germaniya kansleri Olaf Shols ikkilanishlardan so‘ng 25 yanvar kuni o‘z mamlakatining Ukrainaga Bundesver zaxiralaridan 14 ta Leopard 2 A6 tankini yuborish niyatini rasman tasdiqladi. Berlin, shuningdek, boshqa davlatlarga tanklarni Ukraina Qurolli kuchlariga reeksport qilishga ruxsat berdi.
Sholsning so‘zlariga ko‘ra, vazifa Ukraina uchun zudlik bilan ikkita tank batalonini yig‘ishdir, bu nemis harbiy talqiniga ko‘ra, 90 ga yaqin jangovar texnikani, Ukrainada esa - 60 tani tashkil etadi. Keyinchalik Germaniya hukumati «batalon» tanklarni yetkazib beradigan mamlakat mezonlaridan kelib chiqib hisoblanishiga aniqlik kiritdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolqon olov ichida qoldi
Jahon | 23:23
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:40
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11
-
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp
Jahon | 21:49
Mavzuga oid

11:14 / 26.07.2025
Kiyevdagi namoyishlarning 4-kuni: aksiyalar ko‘lami kamaymoqda

13:05 / 21.07.2025
Rossiya yana Kiyevni raketa va dronlar bilan o‘qqa tutdi – fotosuratlar

11:41 / 09.07.2025
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi

13:17 / 28.06.2025