Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda qulash xavfi tufayli 300 dan ortiq uy buziladi
Hukumat hammaga kompensatsiya to‘laydi.

Foto: REUTERS/Thaier Al-Sudani
Turkiyaning Istanbul shahrida qulab tushish xavfi yuqori bo‘lgan uylarni buzish jarayoni boshlandi. Tezkor skanerlash usuli yordamida ularning zilzilaga bardosh bera olmasligi aniqlangan. Bu haqda shahar meri Ekrem Imomo‘g‘li ijtimoiy tarmoqda yozdi.
«Bu jarayonni tezlashtirish va rag‘batlantirish maqsadida xavfli binolardagi xonadon egalariga ijara uchun qo‘shimcha 4,5 ming lira ajratamiz. Men barchani bu borada jiddiy hamkorlikka taklif qilaman», dedi u.
17 fevral kuni Istanbul ma’muriyati zilzila sodir bo‘lganda bir zumda qulashi mumkin bo‘lgan 318 ta binoni aniqlagan edi. Ularda 10 ming kishi istiqomat qiladi.
«Yana 1525 ta bino D va E toifalariga tegishli - yuqori xavf. Biz birinchi navbatda 318 ta bino uchun reja tayyorladik, ularda 10 ming kishi istiqomat qiladi - uylar evakuatsiya qilinadi, xonadon egalariga kvartira ijarasi uchun tovon puli to‘lanadi», dedi Istanbul bosh kotibi yordamchisi Bugra Go‘kche.
Uning qo‘shimcha qilishicha, shaharda to‘rt yildan beri Texnik universitet bilan hamkorlikda binolar bardoshligini baholash dasturi amalga oshirilmoqda. Uch yil ichida rasmiy idoralarga 30 mingga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 6 fevraldagi zilziladan keyin deyarli 40 ming ariza kelib tushgan.
Avvalroq, Turkiya prokurorlari zilzilada vayron bo‘lgan uylar qoidabuzarliklar bilan qurilganini, xususan, beton tarkibidagi qum va shag‘al aralashmasi talablarga javob bermasligini ta’kidlagan edi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

23:20 / 30.07.2025
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi

20:36 / 30.07.2025
«Istanbul Boshoqshehir» Abbosbek Fayzullayev transferini e’lon qildi

18:21 / 29.07.2025
Turkiyada yuqori harorat tufayli yirik o‘rmon yong‘inlari – fotosuratlar

21:59 / 28.07.2025