Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bu – aql bovar qilmas voqea”: zilziladan 12 kun o‘tib tirik topilganlar
Turkiyada 6 fevralda sodir bo‘lgan dahshatli zilziladan omon qolganlarni qutqarish ishlari davom etmoqda. Yer qimirlashidan 11 va 12 kun o‘tib ham vayronalar orasidan tirik jonlar topilgan.

248 soat (10 kun 8 soat)dan so‘ng...
Qahramonmarashda zilziladan 248 soat o‘tib 17 yoshli Aleyna O‘lmez qutqarildi. Qutqaruv operatsiyasida ishtirok etganlarning biri Hojar Atlas qizni vayronalar orasidan olib chiqish jarayoni uzoq va mashaqqatli kechganini ta’kidlagan.


“Avval qo‘llaridan ushlab keyin yuqoriga olib chiqdi. Ahvoli yaxshi edi, muloqot qila olardi”, deya hikoya qilgan Hojar Atlas.
Kahramanmaraş Kayabaşı Mahallesi'nde depremin 248'inci saatinde 17 yaşındaki Aleyna Ölmez, mahsur kaldığı binanın enkazından kurtarıldı https://t.co/70P6XUZF1H pic.twitter.com/c93dFJaxg7
— ANADOLU AJANSI (@anadoluajansi) February 16, 2023
Qahramonmarashdagi shifoxonaga olib borilgan, Shuncha kun och-nahor qolgan qizning holati shifokorlarni hayratga solgan.
“Bu – aql bovar qilmaydigan voqea. U 248 soatdan keyin olib kelindi. Biz uning tana funksiyalari buzilmagani va buyraklari faoliyati yomonlashmaganiga hayron bo‘ldik.

Uning sog‘lig‘i har soatda yaxshilanib boryapti. Uni Anqaraga jo‘natamiz. Muhimi, hech bir suyagi sinmagan, bus-butun. Barcha a’zolari yaxshi holatda. Faqat zilzila vaqtida biroz jarohat olgan. Asoratlarning oldini olish uchun uni yaxshiroq muhitga yubormoqchimiz”, degan Qahramonmarashdagi shifoxona doktori, professor Chingiz Dilbar.
❝İyiyim teşekkür ederim❞
— ANADOLU AJANSI (@anadoluajansi) February 16, 2023
❝Hiçbir şey yoktu elimde, kendi kendime vakit geçirmeye çalıştım❞
Kahramanmaraş'ta depremin 248. saatinde kurtarılan 17 yaşındaki Aleyna Ölmez, doktorları şaşırttı https://t.co/A2qRi8U7KA pic.twitter.com/GsqspJgxX
Shundan so‘ng Aleyna tez yordam samolyotida Anqaraga yetkazildi. U Anqara universitetining Tibbiyot fakulteti xastaxonasida malakali mutaxassislar nazoratida davolanishni davom ettirmoqda.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an zilziladan 10 kun 8 soat o‘tib tirik topilgan qizdan telefon orqali hol so‘ragan va Istanbuldan Anqaraga qaytishi hamonoq uni ko‘rishga borishini bildirgan.
❝İnşallah en yakın zamanda bir arada oluruz❞
— ANADOLU AJANSI (@anadoluajansi) February 17, 2023
Cumhurbaşkanı Erdoğan, depremin 248'inci saatinde enkazdan kurtarılan 17 yaşındaki Aleyna Ölmez ile telefonda görüştü https://t.co/TkCeP2gNHW pic.twitter.com/F8lpBGQIHy
258 soat (10 kun 18 soat)dan so‘ng...

Qahramonmarashdagi turar joy majmuasi vayronalaridan 29 yoshdagi Naslixon Qilich ismli ayol qutqarilgan. U 7 qavatli binoda yashagani aytilmoqda.
“Allohga shukur, jigarim omon qoldi”, deya quvongan qizning akasi Yusuf Yolchinoz.
“Xudoyim duolarimni rad etmadi. Yarim soat oldin qizimning sumkasi topilgandi. So‘ngra uning o‘zi vayronalar orasidan olib chiqildi. Kuyovim serjant edi. Yaqindagina Suriyadan qaytib kelgandi”, deydi ayolning otasi Juma Yolchinoz.

“Bemorimiz gapirdi, ismini aytdi. Qarindoshlarini so‘rab-surishtirdi. Barchalari sog‘-omon ekanini eshitgach esa ko‘ngli ko‘tarildi. Hushida, hozir ahvoli barqaror. Bemorni charchatib qo‘ymaslik uchun kerakli choralarni ko‘rdik. U juda sovuq muhitda bo‘lgani uchun isitish muolajasini boshladik. Bemorni kerakli miqdorda suyuqlik bilan ta’minladik. Endi dializ muolajasini oladi”, deya jurnalistlarga ma’lumot bergan qizni davolayotgan shifokor.

Anadolu agentligiga ko‘ra, ayol eri va ikki qizi bilan birga vayronalar ostida qolib ketgan. Hozircha ayolning oila a’zolarining taqdiri haqida ma’lumot yo‘q.
Naslixonni ekskavator haydovchisi payqab qolgani aytilmoqda.
“Ekskavatorda juda ehtiyotkorlik bilan ishlayapmiz. Yotoqxonadagi jihozni vayronalar orasidan tortib olayotganimda bir kishi qo‘lini ko‘tarayotganini payqab qoldim. Do‘stlarimiz bilan unga yordamga shoshildik”, deya hikoya qiladi Adnan Eshin.
260 soat (10 kun 20 soat)dan so‘ng...

Hatay viloyatining ma’muriy markazi Antakya shahridagi Buket turar joy majmuasi vayronlari orasidan 14 yashar Usmon Halabiya qutqarildi. Qutqaruvchilar xorijlik ekani aytilayotgan bolaning ovozini eshitib qolib, uni qutqarishga kirishishganini aytishgan.

Bolada tashqi jarohatlar aniqlanmagan. Birinchi tekshiruvdan so‘ng u tashqariga olib chiqilgan.

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Xo‘ja Mustafo Kamol shifoxonasida davolanayotgan Usmonning holidan xabar olgan. Ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu esa 14 yashar yigitchaning hayotini saqlab qolgan qutqaruvchilar bilan uchrashgan.
261 soat (10 kun 21 soat)dan so‘ng...

Antakyadagi xususiy klinika vayronalari orasidan 26 yoshdagi Mahmud Ali Shokiro‘g‘li hamda 34 yoshdagi Mustafo Ovchi olib chiqildi.
Mustafo Ovchiga Hatoydagi dala shifoxonasida birinchi yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng u tibbiyot xodimining yordamida ukasi bilan telefonda gaplashgan va onasi sog‘-salomat ekani, barcha oila a’zolari zilziladan omon qolganidan xabar topgan. Shundan so‘ng u shifoxonaga olib ketilgan.
“Tirik qolishdan umidim yo‘q edi. Shu bois tirik qolish uchun kurashishga intilmadim ham. Chunki oilam o‘lgan deb o‘ylagandim. Hozir qayta tug‘ilgandekman”, deya ta’kidlagan Mustafo jurnalistlar bilan suhbatda.

Ma’lum bo‘lishicha, to‘lg‘oq boshlangani uchun Mustafo 5 fevral kuni soat 23:50da homilador ayolini klinikaga olib keladi. Ayol bu yerda qizi Almilani dunyoga keltiradi. U zilzila vaqtida hech qanday zarar ko‘rmaydi va farzandini olib binoni tark etadi. Shifoxona oshxonasiga suv olish uchun ketgan turmush o‘rtog‘i Mustafo esa vayronalar ostida qolib ketadi.
Mustafo qutqarilgandan so‘ng rafiqasi qizi bilan uni ko‘rishga keldi.

Mustafo bilan birgalikda qutqarilgan Mahmud Ali esa otasi bilan shifoxonaga borgan. Zilzila bo‘lgan vaqtda otasi qochib qutulishga muvaffaq bo‘ladi, o‘g‘li esa ichkarida qolib ketadi.
“Zilziladan keyin juda qiyin kunlarni boshdan kechirdim. Ammo bir lahza bo‘lsin umidimni yo‘qotmadim. Men o‘g‘lim tirik qaytishini his qildim”, deydi Mahmud Boyroz.
Hatay'ın Antakya ilçesindeki binanın enkazından 26 yaşındaki Mehmet Ali Şakiroğlu ile 34 yaşındaki Mustafa Avcı, depremin 261. saatinde sağ çıkarıldı https://t.co/h7CP5aOpVO pic.twitter.com/UzNi6ZsusS
— ANADOLU AJANSI (@anadoluajansi) February 16, 2023
“Vayronalar orasidan kelayotgan ovozni eshitib ichkariga yugurdik. Men Mahmud Alini tanirdim. U menga: “Och edim, ovqat berdilar. Yana uxlab qoldim. Uyg‘ondim. Och edim, sen kelding”, deb aytdi. U alahsiradimi yoki rost so‘zladimi, bilmaymiz”, deydi qutqaruv operatsiyasiga rahbarlik qilgan Borish Pirebosh.
278 soat (11 kun 14 soat)dan so‘ng...

Hatoy viloyatining Dafna tumanida Hoqon Yosino‘g‘li zilziladan 11 kun 14 soat o‘tgach qutqarildi. 45 yashar erkak ayni paytda Mersin shahridagi shifoxonada davolanmoqda.
Shifokorlar uning ahvoli og‘ir ekani, ammo Hoqonning hayotini saqlab qolish uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ta’kidlamoqda.
296 soat (12 kun 8 soat)dan so‘ng...

Antakyadagi Qanotli turar joy majmuasi vayronalari orasidan birdaniga uch kishi – er-xotin va ularning 12 yashar farzandi zilziladan 296 soat o‘tib qutqarildi.
Boshqa davlat fuqarolari ekani aytilayotgan Samir Muhammad Akkar va rafiqasi Ragda shifoxonaga olib ketilgan. Keyinchalik ikkovlon vertolyotda Adana shahridagi shifoxonaga ko‘chirilgan.

Garchi vayronalar orasidan tirik olib chiqilgan bo‘lsa-da, ularning 12 yashar o‘g‘lining hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Zilzila oqibatida juftlikning yana ikki farzandi (bir qiz va bir o‘g‘il) halok bo‘lgani aniqlangan.
Ushbu uch kishi qirg‘izistonlik qutqaruvchilar tomonidan vayronalar orasidan olib chiqilgan.

49 va 45 yoshdagi er-xotinning umumiy ahvoli qoniqarli, hayotiy belgilari yaxshi ekani aytilmoqda.
Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Xo‘janing aytishicha, zilzila tufayli shifoxonaga yotqizilgan bemorlar 21859 nafarni tashkil etadi. Bugungacha 23612 nafar bemorga javob berilgan. Vazir, shuningdek, 19 ming tibbiyot xodimi (shundan 13 ming nafari shifokor) falokat sodir bo‘lgan hududlarda statsionar xizmat ko‘rsatayotganini ta’kidlagan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

15:09 / 25.07.2025
Anqaradan Toshkentga malakali o‘qituvchilar jalb etiladi

08:20 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaning Mersin viloyatida ishga joylashtiriladi

18:52 / 23.07.2025
Suriya Turkiyadan mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘radi

13:00 / 22.07.2025