Jahon | 23:14 / 17.02.2023
28387
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik erkak zilziladan 11 kun o‘tib, vayronalar ostidan qutqarildi

U 278 soat vaqt vayronalar ostida yotdi. 

Foto: Anadolu Agency

45 yoshli Hoqon Yosino‘g‘li Hatay viloyatida qulagan bino vayronalari ostidan olib chiqildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi. 

U zilzila sodir bo‘lganidan keyin 278 soat yoki 11 kundan ortiq vayrona ostida qolib ketgan edi. Qidiruv-qutqaruv guruhi vayron bo‘lgan uy ostida tirik odam borligini aniqladi va vayronalarni tozalab, uni qutqarishdi. 

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. 

6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. 17 fevral kuniga zilzila qurbonlari soni 38 mingdan oshdi. 

Mavzuga oid