Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiylar Kanada osmonida ham noma’lum obektni urib tushirishdi
Bundan oldinroq amerikalik harbiylar Alyaska uzra harakatlangan noma’lum uchish apparatini urib tushirgandi.

Foto: GRZEGORZ MICHALOWSKI/EPA-EFE/REX/SHUTTERSTOCK
Amerikaning qiruvchi samolyoti Kanadaning shimoli-g‘arbidagi Yukon provinsiyasi ustidagi havo kengligida noma’lum uchish apparatini urib tushirdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo ma’lum qildi. Bu fevral oyi boshidan buyon Shimoliy Amerika hududida qayd etilgan uchinchi shu kabi holatdir.
«Men Kanada havo kengligini buzib kirgan noma’lum obektni urib tushirishga buyruq berdim. NORAD (Shimoliy Amerika havo-kosmiy mudofaasi qo‘mondonligi) obektni Yukon ustida urib tushirdi. Kanada va Amerika samolyotlari havoga ko‘tarildi, Amerikaning F-22 samolyoti obektni muvaffaqiyatli mo‘ljalga oldi», - deya yozdi Tryudo tvitterida.
U hodisani AQSh prezidenti Jo Bayden bilan muhokama etgan. Uning aytishicha, endi harbiylar kelgusi o‘rganishlar uchun qoldiqlarni qidirish bilan mashg‘ul bo‘lishadi.
Keyinroq Pentagon rasmiy vakili Pet Rayderning ma’lum qilishicha, urib tushirilgan obekt dastlab Alyaska osmonida payqalgan.
Kanada mudofaa vaziri Anita Anand shanba kungi brifingda bu obekt taxminan 12 km balandlikda harakatlangani va fuqarolik parvozlari xavfsizligi uchun tahdid solganini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u kichik va silindrsimon shaklda bo‘lgan.
Ikki kun muqaddam Alyaska osmonida «kichik avtomobil hajmidagi» boshqa bir noma’lum uchar jism urib tushirilgandi. Obektni urib tushirish vaqtida Pentagon bu havo shari yoki boshqa qurilma ekanligini aniqlay olmagan. «Biz buni obekt deb ataymiz, chunki bu bizda mavjud bo‘lgan eng yaxshi tavsif», dedi AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi.
Uning ta’kidlashicha, rasmiylar obektning biron bir «davlat yoki korporatsiya»ga tegishli ekanligini bilishmaydi va osmonda nima maqsadda bo‘lganini aytish qiyin. Shu bilan birga, harbiylar qurilma bortida odamlar bo‘lmaganiga amin. Hozirgacha uning mansubligi va funksiyalari to‘g‘risida ma’lumot berilmadi.
Shuningdek, bir hafta oldin Janubiy Karolina sohillari yaqinida amerikalik harbiylar xitoyliklarning havo sharini urib tushirgandi, rasmiylar uni Xitoy josuslik dasturining bir qismi sifatida baholashgandi. Pekin bu ayblovlarni rad etgan va bu obekt yo‘nalishidan og‘ib ketgan meteorologik zond bo‘lganini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayoni boshlandi
Ta’lim | 11:20
-
Yaponiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 11:19
-
Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 10:57
-
Lazer epilyatsiyasi teri saratonga sabab bo‘ladimi? Mutaxassislar javob berdi
Ayollar dunyosi | 10:51
Mavzuga oid

23:25 / 01.08.2025
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

15:28 / 01.08.2025
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi

14:54 / 01.08.2025