O‘zbekiston | 14:52 / 31.01.2023
10187
1 daqiqa o‘qiladi

Asadulla Qayumov va Farrux Qoraboyev Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Asadulla Qayumov

Prezident qarori bilan Asadulla Qayumov va Farrux Qoraboyev Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Asadulla Qayumov 1984 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2007 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2013 yil Yaponiyaning Veseda universitetining magistratura yo‘nalishini tamomlagan. 

U 2022 yil 4 apreldan beri Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Farrux Qoraboyev

Farrux Qoraboyev 1981 yilda Toshkent viloyatining Angren shahrida tug‘ilgan. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr va jahon iqtisodiyoti va geosiyosati mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasiga ega. 

O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi qaroriga muvofiq u Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlangan.

Mavzuga oid