Rossiyalik kriminal avtoritet O‘zbekistonda qo‘lga olindi
Rossiya va AQSh tomonidan qidiruvda bo‘lgan sobiq «qonundagi o‘g‘ri» Amirov O‘zbekistonda ushlandi.

Rafet Amirov/ Foto: Praym Kraym
O‘zbekistonda huquq-tartibot idoralari xodimlari Rossiya Federatsiyasi va AQSh so‘roviga ko‘ra «Interpol» qidiruvida bo‘lgan 43 yoshli sobiq «qonundagi o‘g‘ri» Rafet Amirovni qo‘lga oldi. Bu haqda «Praym Kraym» xabar berdi.
Kriminal avtoritet 28 yanvar kuni ushlangan. Rossiya huquq-tartibot idoralari Amirovni 2010 yilda Moskvada 32 yoshli Ali Babayevning o‘ldirilishiga aloqadorlikda gumon qilmoqda.
Amerikaliklar uni Eron hukumati buyurtmasiga ko‘ra, eronlik muxolifatchiga suiqasd uyushtirganlikda ayblamoqda. Rafet Amirov va uning sherigi Polad Omarov muxolifatchi ayolni o‘ldirish uchun qotilni yollagan. Ammo u buyurtmani bajarishdan oldin qo‘lga tushgan va ikkalasiga qarshi ko‘rsatma bergan. Shuningdek, 4 yanvar kuni Chexiyada qo‘lga olingan Polad Omarov ham Rafetga qarshi ko‘rsatma bergan.
Rafet 2014 yilda Ozarboyjonning bosh «qonundagi o‘g‘ri»si Nodir Salifov (Guli) taklifi bilan toj kiygan edi. Ammo Guli Turkiyada o‘ldirilganidan so‘ng, uning jinoiy guruhidagilar Amirovni kaltaklab, «taxtdan ag‘darib», o‘g‘rilar oilasidan haydab yuborishgan edi.
Mavzuga oid

00:10
Hindistonda Rossiyaga aloqador navbatdagi «kripto qiroli» hibsga olindi

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

20:25 / 12.03.2025
Rossiyada qariyb 54 ming qamoqxona noziri yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi

18:24 / 12.03.2025