Surxondaryoda Spark va tez yordam mashinasi to‘qnashdi
Spark yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib harakatlangan.

Foto: Videodan skrinshot
Surxondaryo viloyati Angor tumanida Spark va tez yordam mashinasi to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
Viloyat IIB YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 28 yanvar kuni soat 4:10 larda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1433-kilometrida sodir bo‘lgan.
Tez yordam mashinasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotganida Spark haydovchisi yo‘l qoidasini qo‘pol ravishda buzib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanishi oqibatida to‘qnashuv ro‘y bergan.
Natijada Spark’ning 22 yoshli haydovchisi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchisi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan.