Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yana 5 yildan keyin tamoman cho‘kamiz” - shaharlarimiz muammolari haqida mutaxassislar bilan suhbat
Bugun O‘zbekistonda shaharsozlik qay ahvolga kelib qoldi? Kun.uz'ning #Boricha podkastida shaharsoz Temurbek Ahmedov, energetika mutaxassisi Sarvar Qurbonov, ekofaol Nozima Olimova va jurnalist Bobur Akmalov shaharsozlikda nima qilish va nima qilmaslik kerakligi haqida, Toshkent shahri misolida so‘z yuritadi.

Insoniyat shaharlar qurishga o‘rganib olganidan beri ko‘pchilik shaharga intiladi, har holda yosh va quvvatga to‘la odam shaharda yashashni istashi bor gap. Chunki shahar – imkoniyatlar makoni, shaharda hayot qaynaydi. Ko‘p ishlar qilsa bo‘ladi, qulayroq yashash mumkin.
Qulay, xavfsiz, xotirjam va yaxshi yashash borasidagi namuna shaharlar ko‘p. Bu borada kimdir Praga, Budapesht, Sofiya kabi Sharqiy Yevropa shaharlarini, yana kimdir rivojlangan Yevropa va AQSh shaharlarini, yana boshqa birov Dubay, Tokio, Istanbul kabi megapolislarni, yana boshqa birov kichikroq “millionlik” shaharlarni ma’qul ko‘radi.
Yuqoridagi istalgan shaharni u yoki bu darajada rivojlangan, qulay va yashash uchun komfort shahar, deyish mumkin. Elektr, gaz, suv ta’minotining uzluksizligi, oqova va drenaj tizimining mukammalligi, yashil va sokin hududlar hamda turli boshqa ko‘ngilochar obektlarning yetarli ekani – shahar aholisi uchun o‘ta muhim faktorlar.
Xo‘sh, O‘zbekiston shaharlari, jumladan mamlakat bosh kentida ahvol qanday?
- Yaqindagina lavozimidan bo‘shatilgan hokimdan so‘ng Toshkent qay ahvolda qoldi?
- Mamlakatimizning boshqa shaharlaridagi ahvol bosh kent bilan bir xilmi?
- Biz ko‘rgan anomal sovuq oqibatida nima uchun energetika kollapsi yuzaga keldi?
- Shaharsozlik normalariga rioya qilinadimi?
- O‘zi shahar qurish qanday bo‘lishi lozim?
- Energetik inqiroz darhaqiqat bor narsami yo kollaps faqat palapartish qurilishlar natijasimi?
- Sobiq hokim davrida qanday xatolarga yo‘l qo‘yildi?
- Bundan buyon nimalar qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?
Savollar ko‘p. Nafaqat jurnalistlarda, balki oddiy odamlarda ham savollar ko‘p va eng achinarlisi, bu savollarga javob beradigan mas’ulning o‘zi yo‘q. Sobiq hokimning salkam 5 yillik faoliyatida asrlarga tatigulik xatolarga yo‘l qo‘yilgani bor gap. Amaldorlar jim ekan, yuqoridagi savollarga biz – mutaxassis va jurnalistlar javob topishga urindik. Balki (umid juda kam) mutaxassis va shaharlarning rosmana egasi – xalqning fikriga endi quloq solishar? Balki bu chiqishlarimizning kelgusida nafi tegib qolar?
Ayni shu maqsadda Kun.uz jurnalisti Bobur Akmalov #Boricha podkastining navbatdagi sonida shaharsoz mutaxassis Temurbek Ahmedov, energetika bo‘yicha mutaxassis Sarvar Qurbonov va ekofaol Nozima Olimova bilan suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025