Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV: Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalarining navbatdagi partiyasi hududlarga topshirildi
Respublika tez tibbiy yordam markazi avtobazasi 110 ta Volkswagen Caddy rusumli so‘nggi avlod tez tibbiy yordam mashinalari bilan boyidi.
Cog‘liqni saqlash vazirligi tizimida eskirgan avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish ishlari olib borilmoqda.
Jizzax Auto zavodida Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida «103» xizmatiga Volkswagen Caddy rusumli 110 dona tibbiy yordam mashinalari topshirildi.
Xususan, «103» xizmatida 2938 dona «Tez yordam» mashinasi bo‘lib, shundan 648 tasi yoki 22 foizi normativ hujjatlarga asosan yangilanishga muhtoj.
Jizzax viloyatida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov va vazirlik mas’ul vakillari ishtirokida o‘tgan yangi tez tibbiy yordam avtomashinalarini tantanali topshirish marosimida ta’kidlanganidek, Volkswagen Caddy yuqori texnik ko‘rsatkichga egaligi, harakatlanish qobiliyati yuqoriligi va ixchamligi bilan ajralib turadi.
Mazkur avtomobillarni loyihalash va jihozlashda shifokor hamda bemorlarga imkon qadar qulaylik yaratishga e’tibor berilgan.
- Hozirgi kunda «103» tasarrufida:
- 244 ta Hyundai
- 145 ta Volkswagen Caddy
- 90 ta Nissan
- 46 ta Toyota
- 228 ta Ford
- 13 ta Foton
- 37 ta «UAZ»
- 5 ta Isuzu NLR
- 29 ta Isuzu D-MAX
- 19 ta «Gazel»
- 2082 ta Damas mashinalari xizmat ko‘rsatmoqda.
Prezidentning 2021 yil 27 maydagi 5129-son va 2022 yil 16 iyundagi 283-son qarorlariga muvofiq, tizimdagi mavjud Damas rusumli va xizmat muddatini o‘tagan boshqa turdagi avtotransport vositalarini 2022-2024 yillarda yangilash belgilangan.
«Xalqaro tajribani o‘rganib, A, B, C toifali «Tez yordam» avtomobillari uchun standartlarni ishlab chiqishga vazirlik darajasida jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Yangi qabul qilib olingan A toifali ushbu avtomashinalar tez tibbiy yordam brigadalari ishini yanada takomillashtirishga mo‘ljallangan. Shu yerning o‘zida 110 ta avtomobilni barcha hududlarga taqsimlab berdik. Ishonchimiz komilki, beshinchi avlod Wolkswagen Caddy avtomobillari uzoq yillar xalqimiz manfaatlari uchun xizmat qiladi», — deydi O.Fozilkarimov.


Tadbir davomida vazirlik mas’ullari yangi tez tibbiy yordam mashinalarini qabul qilib olgan haydovchilar bilan ularning imkoniyatlari haqida suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

18:14 / 15.04.2024
“Tez yordam” avtomashinasiga yo‘l bergan haydovchining jarimasi bekor qilindi

15:07 / 10.04.2024
2024 yilning 3 oyida “Tez yordam”ga 3,1 million chaqiriq bo‘lgan

10:41 / 08.02.2024
Tez yordam xizmatining 3 ta filialiga 30 ta Volkswagen Caddy topshirildi

11:16 / 20.11.2023