Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davos forumida ilk marta o‘zbekistonlik tadbirkor chiqish qildi
Shveytsariyaning Davos shahri 16-20 yanvar kunlari Jahon iqtisodiy forumiga (World Economic Forum 2023) mezbonlik qildi. Bu galgi katta miqyosdagi iqtisodiy tadbirda o‘zbekistonlik tadbirkor Ravshan Ubaydullayev ham ishtirok etdi.

Ravshan Ubaydullayev forum ishtirokchilari uchun o‘zi boshchilik qilayotgan Amirsoy tog‘-chang‘i kurort zonasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Ravshan Ubaydullayev o‘z chiqishida Amirsoy hududining yaratilishi, ushbu loyihaning uch yil davomidagi muvaffaqiyati haqida so‘zlab berdi. O‘zbekistonda chang‘i komplekslarini tashkil etish, bu boradagi turizmni rivojlantirishning ahamiyati muhimligini ta’kidlab, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zi bu kabi loyihalarning bosh tashabbuskori ekanini alohida qayd etib o‘tdi. Jumladan, Amirsoy dam olish zonasini muvaffaqiyatlarida prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsan o‘zi qo‘llab-quvvatlagani ham muhim ahamiyat kasb etganini alohida ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Jahon iqtisodiy forumi har yili o‘tkaziladi. Shveytsariyaning Davos kurort hududi mezbonlik qiladigan ushbu forum bu safar 2023 yilning 16-20 yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi. Forumda dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan iqtisodchilari, biznes vakillari, tadbirkorlari ishtirok etadi. Ushbu forum davlat va xususiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat yuritadi. Forumga 1971 yilda asos solingan bo‘lib, uning shtab kvartirasi Shveytsariyaning Jyeneva shahrida joylashgan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda birinchi marta tungi yorug‘lik asosida iqtisodiy faollik baholandi
Iqtisodiyot | 07:17
-
«Uch qahramon» bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Jamiyat | 05:42
-
Tramp uysizlarni Vashington tashqarisiga chiqarib yubormoqchi
Jahon | 01:25
-
AQShda Labubu qo‘g‘irchoqlari o‘g‘rilar nishoniga aylanmoqda
Jahon | 01:11
Mavzuga oid

19:09 / 27.01.2025
Sun’iy intellekt yetakchilari – Davosda. Ular nimalar deyishdi?

10:56 / 26.01.2025
“Davlatlar bo‘ynidagi qarz xavotirli darajaga yetdi” – Davos forumida muhokama

21:23 / 23.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti

20:38 / 23.01.2025