Turkiy tashkilot doirasida Investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi
Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) Turkiy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha tegishli bitim loyihasini ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston ekspertlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo AA
Turkiy investitsiya jamg‘armasi turkiy davlatlar tomonidan tashkil etilgan birinchi va asosiy qo‘shma moliya institutiga aylanadi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning iqtisodiy salohiyatini, ular o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, jamg‘arma mablag‘lari esa qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Jamg‘arma faoliyati — tadbirkorlikni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha har bir ishtirokchi davlatda hujjat loyihasini kelishish bo‘yicha ichki tartib-qoidalarni qisqa muddatlarda yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishildi va rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar doirasida bitimni imzolashga kelishib olindi.
Turkiy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish 2023 yilga mo‘ljallangan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35
Mavzuga oid

11:33 / 19.03.2025
Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi

12:21 / 18.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi

15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi

15:18 / 06.03.2025