Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda «Tez yordam»ga eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan hududlar ma’lum qilindi
2022 yil «Tez yordam»ga qancha chaqiriq kelib tushdi?

Foto: Kun.uz
Sog‘liqni saqlash vazirligi «Tez yordam»ga murojaatlar bo‘yicha 2022 yilgi statistikani keltirdi.
«Baxtsiz hodisalar kutilmaganda ro‘y beradi. Bunday og‘ir vaziyatda bemorlar hayotini saqlab qolishda har daqiqa va soniyaning qadri oltinga teng. Bunday holatda, avvalo, «Tez yordam» xodimlari kishi joniga ora kiradi. Aynan ushbu soha fidoyilarining beminnat ko‘magi bilan kasallik xuruji yoki og‘ir jarohat asoratlaridan tezda xalos bo‘lamiz.
Bugun yurtimizda shakllangan tez tibbiy yordam xizmati aholiga sifatli va zamon talablariga mos xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda. Sohadagi o‘zgarishlar mazkur tizimni xalqqa yanada yaqinlashtirmoqda. Buni murojaatlar sonidan ham bilish mumkin», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Respublika tez tibbiy yordam markazi bosh direktori Abduvoitjon Gafurovning ma’lum qilishicha, o‘tgan yil mamlakatimiz bo‘yicha «Tez yordam»ga jami 13 million 22 ming 162 ta chaqiriq kelib tushdi.
«Natijada har 1 000 nafar aholiga o‘rtacha 366 ta murojaat to‘g‘ri keldi. Shundan 1 million 180 ming 416 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi», deydi u.
Eng ko‘p murojaatlar:
- Farg‘ona viloyatida 1 520 448 ta (11,67 foiz),
- Andijon viloyatida 1 415 023 ta (10,87 foiz),
- Toshkent shahrida 1 280 242 ta (9,83 foiz),
- Toshkent viloyatida 1 262 187 ta (9,69 foiz),
- Namangan viloyatida 1 227 318 ta (9,42 foiz) qayd etilgan.
Taqqoslash uchun, 2021 yil aholidan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 12 million 590 ming 250 ta chaqiriq kelib tushgan edi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

18:14 / 15.04.2024
“Tez yordam” avtomashinasiga yo‘l bergan haydovchining jarimasi bekor qilindi

15:07 / 10.04.2024
2024 yilning 3 oyida “Tez yordam”ga 3,1 million chaqiriq bo‘lgan

10:41 / 08.02.2024
Tez yordam xizmatining 3 ta filialiga 30 ta Volkswagen Caddy topshirildi

11:16 / 20.11.2023