O‘zbekiston | 23:44 / 14.01.2023
4848
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazm va Ozarboyjon aviaqatnov bilan bog‘lanadi 

Azerbaijan Airlines haftada bir marta Urganch va Boku shahrini bog‘lovchi aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi. 

Foto: Azerbaijan Airlines

Ozarboyjonning AZAL (Azerbaijan Airlines) aviakompaniyasi Boku shahri va Xorazm viloyati markazi Urganch shahri o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi. 

Dastlabki reys 28 yanvar kuniga belgilangan. Parvozlar haftada bir marta - shanba kunlari amalga oshiriladi. 

Urganch O‘zbekistonning AZAL yo‘nalishlar tarmog‘idagi to‘rtinchi shahriga aylanadi. Hozirgi vaqtda aviakompaniya Bokudan Toshkentga (dushanba, chorshanba, shanba va yakshanba), Samarqand (seshanba va juma kunlari) va Farg‘onaga (payshanba kunlari) ham qatnovlarni amalga oshirmoqda. 

Urganch-Boku va Boku-Urganch yo‘nalishidagi aviaqatnov chiptalari narxi 184 dollardan boshlanadi va AZAL kompaniyasi saytida sotilmoqda. 

Mavzuga oid