Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston «Qambar-Ota-1» GES bo‘yicha kelishuv imzoladi
GES qurilishida O‘zbekiston ham ishtirok etadi. Uning loyiha qiymati taxminan 3 mlrd dollarga baholangan.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
6 yanvar kuni Qirg‘iziston Respublikasi Energetika vazirligida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qirg‘iziston Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayev, Qozog‘iston Respublikasi energetika vaziri Bolat Akchulakov va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov «Qambar-Ota-1» GES qurilishini muhokama qilib, loyiha barcha ishtirokchi mamlakatlar uchun adolatli va foydali bo‘lishi kerakligini ta’kidladilar. Shundan so‘ng, loyihani amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi kelishuvi imzolandi.
«Qambar-Ota-1» GES ni ishga tushirish muddati texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) ishlab chiqilgandan keyin ma’lum bo‘ladi. Biroq, Taalaybek Ibrayev so‘zlariga ko‘ra, qurilishga tayyorgarlik allaqachon boshlangan.
«Qambar-Ota-1» GES qurilishi uchta qo‘shni davlat uchun foydali deb aytishimiz mumkin. Qirg‘iziston elektr energiyasini import qilmaydigan, aksincha eksport qiladigan davlatga aylanishi kerak. Qurilishga tayyorgarlik boshlab yuborildi. GES quvvati 1860 MVt ni tashkil etadi», dedi vazir.
O‘zbekiston va Qozog‘iston delegatsiyalari qo‘shma korxona tashkil etishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
«Qambar-Ota-1» GES loyihasi SSSR davrida ishlab chiqilgan edi. U Qirg‘izistondagi eng katta GES bo‘ladi. Uning qurilishi uchun taxminan 3 mlrd dollar sarflanishi kutilmoqda. Yangi GES ishga tushirilsa, yiliga 5,6 mlrd kVt⋅s elektr energiyasi ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

20:30 / 10.07.2025
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

18:19 / 10.07.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin

16:48 / 10.07.2025
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

14:32 / 09.07.2025