Xorazmda haydovchilik guvohnomasi imtihonidan o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
Katta pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib berishni va’da qilganlar hibsga olindi.

Foto: IIB axborot xizmati
Xorazm viloyati, Urganch tumanida 2022 yil 21 dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Qipchoq mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan T.Sh. qilmishi fosh etildi. U boshqa fuqaroni haydovchilik guvohnomasi imtihonidan tanishlari orqali o‘tkazib berishiga ishontirib, evaziga 700 dollar talab qilib, 600 dollar va 1,1 mln so‘m pulni olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.
Shuningdek, 2022 yil 17 dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Qo‘shko‘pir tumani, Qadriyat mahallasida istiqomat qiluvchi, 1992 yilda tug‘ilgan D.E. ikki nafar fuqaroni haydovchilik guvohnomasi imtihonidan o‘tkazib berishiga ishontirib, evaziga har biri 300 dollar berishi lozimligini aytib, ulardan jami 500 dollar va 1,1 mln so‘m pulni olgan paytida jinoyat ustida ushlandi.
Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:42 / 25.02.2025
Haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar profilaktik hisobga olinadi

11:26 / 12.02.2025
Haydovchilik guvohnomasi uchun kerak bo‘ladigan tibbiy ma’lumotnoma qanday olinadi?

18:37 / 20.01.2025
Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlarning haydovchilik guvohnomalari 1 yil amal qiladi

08:58 / 12.12.2024