Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov shartli ravishda ozodlikka chiqarildi
2019 yil 26 iyun kuni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov bundan bir necha kun avval shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan. Bu ma’lumotni Kun.uz'ning huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqladi.

Foto: RFE / RL
2000-2015 yillarda O‘zbekistonning bosh prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Rashid Qodirov pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgandi.
Sud jarayoni 6 oyga yaqin davom etgandi. Ish jarayonida «Davlat sirlari to‘g‘risida»gi qonun talablariga muvofiq, yopiq tarzda o‘tkazilgan sud tergovi jarayonida barcha sudlanuvchilarning ko‘rsatuvlari birma-bir atroflicha tekshirilgan, 200ga yaqin guvohlarning ko‘rsatuvlari tinglanib, ish bo‘yicha o‘tkazilgan ekspertiza va xizmat tekshiruvlari xulosalari, shuningdek jinoyat ishida to‘plangan dalillar, ularning qonuniyligi va asosliligi nuqtai nazaridan taftish qilingandi.
O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov 2018 yil fevralida qo‘lga olingan edi. O‘shanda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165 (tovlamachilik), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 210 (pora olish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ham Qodirov ozodlikka chiqqani haqida post qoldirib, sobiq bosh prokuror haqida olinishi kerak bo‘lgan film ko‘rsatilmaganini esladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 07:42
-
Qozog‘iston O‘zbekistonda kasbga o‘qitish innovatsion markazini ochadi
O‘zbekiston | 07:40
-
YeI-Xitoy sammiti: Bryussel Pekinni Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
Jahon | 07:31
-
O‘zbekistonga shu yilning yanvar-may oylarida 4,2 mln xorijiy sayyoh keldi
Turizm | 07:30
Mavzuga oid

19:10 / 09.01.2022
Mustafoyevdan Yo‘ldoshevgacha. O‘zbekistonning olti bosh prokurori haqida

16:56 / 06.05.2021
Qamoqdagi Rashid Qodirov tikuv sexida, Ixtiyor Abdullayev esa chinni sexida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi

12:30 / 17.03.2019
Namangan viloyatining sobiq prokurori qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura bu xabarlarni rad etmoqda

15:45 / 05.06.2018