Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2022 yilning eng yaxshi asarlari aniqlandi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Yilning eng yaxshi asari” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Tanlov badiiy adabiyotning beshta yo‘nalishida – nasr, she’riyat, dramaturgiya, badiiy tarjima, adabiy tanqid, badiiy publitsistika bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, adiblar ishtirok etdi.
Ijodkorlar 2022 yilning 1 yanvaridan 10 dekabrigacha matbuotda, nashriyotlarda chop etilgan, adabiy jamoatchilik va keng kitobxonlar ommasi e’tirofiga sazovor bo‘lgan yangi asarlari, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz namunalarining xorijiy tillarga tarjima etilgan yangi tarjimalari hamda jahon adabiyoti durdonalaridan o‘zbek tiliga o‘girilgan yangi ijod namunalarini taqdim etdilar.
Yakuniy xulosalarga ko‘ra Oliy o‘ringa Luqmon Bo‘rixon “Imom Moturidiy” tarixiy romani uchun munosib topildi.
She’riyat bo‘yicha Raim Farhodiy – bolalarga bag‘ishlab yozilgan “Slon – avtobus” kitobi uchun;
Tursun Ali – “Saylanma” she’riy kitobi uchun;
Nasr bo‘yicha Muhammad Ali – “Kleopatra” tarixiy romani uchun;
Shahodat Isaxonova – “Nodirai Davron” tarixiy romani uchun;
Drama bo‘yicha Qo‘chqor Norqobil – “Tog‘lardek baland bo‘l” kitobi uchun;
Tarjima bo‘yicha Risolat Haydarova – Ivan Buninning “Xilvat xiyobonlar”, Galina Dolgayaning “Yugurik suvlar qo‘shig‘i”, Nobel mukofoti sovrindori Ivo Andrichning “Drina ko‘prigi” romanlari tarjimasi uchun;
Adabiy tanqid va publitsistika yo‘nalishida Marat Tao‘muratov “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Amudaryo” kabi nashrlarda e’lon qilingan turkum maqola va esselari uchun g‘olib topildi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

14:13 / 19.06.2025
Malayziya O‘zbekistonga 20 ming dollarlik ilmiy adabiyotlarni taqdim etdi

21:59 / 21.03.2025
“Prezident safardaligida otamni yo‘qotmoqchi bo‘lishgan” - yaqinlari Abdulla Oripov haqida

11:00 / 05.11.2024
Shoir Mansur Jumayev 33 yoshda vafot etdi

20:17 / 10.10.2024