Jahon | 01:05 / 24.12.2022
13270
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden 847 milliard dollarlik mudofaa budjetini imzoladi

Unda Ukraina bilan Tayvanga harbiy yordam berish ham nazarda tutilgan.

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Jo Bayden 2023 moliya yili uchun 847,3 milliard dollarlik mudofaa budjetini imzoladi. Bu haqda Oq uy sayti xabar berdi.

Ushbu mablag‘ning 800 million dollari Ukrainaga yordam berish uchun ajratilgan. 6 milliard dollari Rossiyani Yevropada tiyib turish uchun sarflanmoqda. 10 milliard dollar Tayvanga harbiy yordamga yuboriladi.

Hujjatda Rossiyani xalqaro tashkilotlar, jumladan, G20 a’zoligidan mahrum qilish, Rossiya bilan oltin bitimlarini tuzganlik uchun sanksiyalar va Rossiya bilan harbiy sohada hamkorlikni taqiqlash muddatini besh yilga uzaytirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Moskva bilan raketaga qarshi mudofaa tizimlari bo‘yicha ma’lumot almashishni doimiy taqiqlash ham kuchga kiradi.

AQSh Kongressi 7 dekabr kuni ushbu mudofaa budjeti loyihasini tasdiqlagan edi. 

Mavzuga oid