Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokor ogohlantiradi: Bir lahzalik quvonch bir umrlik kulfatga aylanmasin
Doniyor Alimovning aytishicha, bayram kunlarida pirotexnika vositalaridan olingan jarohatlar bilan o‘nlab bemorlar shifoxonalarga murojaat qiladi.

Bayram arafasida dilxiralikka sabab bo‘luvchi bir holat bor. Bu — paqildoqlar muammosi. Ushbu xavfli «o‘yinchoq»larni yashirincha pullayotganlar qonun oldida javob bermoqda. Ammo bunday mahsulotlar xaridori bo‘lgan bolalar salomatligiga nega ota-onalar, keng jamoatchilik befarq? Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov shu boradagi fikrlarini bildirdi.
«Har yili Yangi yil arafasida va bayramdan keyingi kunlarda pirotexnika vositalaridan olingan jarohatlar tufayli birgina markazimizga o‘nga yaqin og‘ir ahvoldagi bemorlar murojaat qiladi.
Qolaversa, markazning hududiy filiallariga umumiy hisobda 20-30 nafar bemor shoshilinch ravishda olib kelinadi. Eng yomoni, ulardan 50 foizi shifoxonada uzoq yotib davolanishiga to‘g‘ri keladi.
Yuz, qo‘l sohalarida og‘ir kuyish jarohatlari, ko‘zlar shikastlanishi va ko‘rish faoliyati qisman yoki butunlay buzilishi kuzatiladigan bunday bemorlar, afsuski, tegishli muolajalardan keyin ham qator asoratlardan aziyat chekishi mumkin. Hatto bir qismi nogironlikka mahkum bo‘ladi.
Qolaversa, yuz, qo‘l va badandagi dag‘al chandiqlar paqildoqdan bir umrlik dog‘ bo‘lib qolishi ehtimoli katta.
Bundan tashqari, pirotexnika vositalari shovqinidan cho‘chib, surunkali asab va qon-tomir tizimi kasalliklari, qandli diabetga chalingan, umrbod karlikka yo‘liqqanlar va hali yorug‘ dunyo yuzini ko‘rmagan zurriyodidan judo bo‘lganlar ham uchraydi.
Shu sababli ota-onalar va jondan aziz farzandlarimizni yana bir bor ogohlikka chaqiramiz», deya uning so‘zlarini keltirgan SSV matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

15:00 / 16.07.2025
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

13:48 / 02.01.2025
GFRda 5 kishi pirotexnika tufayli halok bo‘ldi

12:02 / 30.12.2024
Toshkent viloyatida 60 mingdan ortiq pirotexnika vositalari ushlab qolindi

07:34 / 23.12.2024