Fransiyada final arafasida muammolar yuzaga keldi. Ammo Desham xotirjam
Messi esa Argentinaning mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan.

Foto: MATTHIAS HANGST/GETTY IMAGES
Argentina va Fransiya bugun jahon chempionatining final o‘yinida maydonga tushishadi. To‘rt yillikning eng muhim o‘yini oldidan futbolchilarning jismoniy holati bo‘yicha savollar yuzaga keldi. Masalan, fransuzlar tarkibida Marokashga qarshi yarimfinal o‘yinini Adriyen Rabio va Deotshankyul Yupamekano o‘tkazib yuborishgandi. Xabar qilishlaricha, mazkur futbolchilar gripp alomatlari tufayli o‘zlarini yomon his qilishgan.
«Dohada harorat biroz pasaydi, konditsionerlar esa hamon yoqiq, hamisha ehtiyotkor bo‘lish kerak. Bizda bir necha gripp alomatlari bilan kasallanish holatlari bor. Konditsionerlardan foydalanish ham virus tarqalishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Yupamekano Angliya bilan o‘yindan keyinoq o‘zini yomon his qila boshladi. Bu zo‘riqib ishlaganda va buning oqibatida tana zaiflashganida, viruslarni yuqtirishga moyil bo‘lib qolganingizda sodir bo‘ladi», — degandi Fransiya bosh murabbiyi Dide Desham.

Foto: CLIVE MASON/GETTY IMAGES
Ko‘p o‘tmay fransuzlar jamoasi safida yana bir futbolchi kasallangani ma’lum bo‘ldi. 14 dekabr kuni Marokashga qarshi o‘yin oldidan jamoa vingeri Kingsli Komanda darmonsizlanish alomatlari kuzatilgan. Natijada u maydonga chiqmagan va jamoadoshlar bilan kechki ovqatga ham tushmagan, payshanba kuni Fransiya jamoasining tiklanish bo‘yicha mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan.
«Payshanba kuni ertalab Komanda ham bezovtalik kuzatildi. Hozir gripp mavsumi, virus tarqalib ketmasligiga ishonch hosil qilish uchun barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rmoqdamiz. U, albatta, kasallangan, ammo biz qo‘limizdan kelganini qilamiz. Biz Komanni jamoadan alohida qildik. Ammo bizda keyingi o‘yinga qadar bir necha kun bor va u yakshanba kungi o‘yinga tayyor bo‘lishi kerak», dedi murabbiy.
Ammo juma kuniga kelib muammolar ko‘paydi: ikki markaziy himoyachi – Rafael Varan va Ibrohim Konateda ham kasallik alomatlarini his qila boshlashdi. Yarimfinal o‘yinida aynan ular markaziy himoya juftligini hosil qilishgandi.
OAVda fransuzlar jamoasida «tuya grippi» tarqalgani ehtimoli haqida xabarlar tarqalgan. Bu xalqaro nomlanishi Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) bo‘lib, buyuk britaniyalik mutaxassislar infeksiya Qatardagi jahon chempionati start olishi bilan tarqala boshlagani haqida ma’lum qilishgan. Virus insonga hayvondan o‘tadi, tuyalar esa asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. U ilk bor 2012 yilda Saudiya Arabistonida aniqlangan. O‘tgan vaqt ichida butun dunyo bo‘ylab 2600 ta holat tasdiqlangan va shundan qariyb ming bemor vafot etgan. Bu gripp alomatlari: isitma, tomoqdagi og‘riq, quruq yo‘tal va bo‘g‘ilish. Shuningdek qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi yoki ich ketishi kuzatilishi mumkin. Ammo, Mirror nashri qayd etishicha, fransuzlar jamoasi vakillari bunday jiddiy kasallik bilan bog‘liq bo‘lmagan oddiy gripp yuqtirib olishgan.
Orelen Tchuameni va Teo Ernandes Fransiya milliy jamoasining juma kungi mashg‘ulotlarida ishtirok etishmadi.
L’Équipe xabariga ko‘ra, «Real» yarimhimoyachisi sonidagi og‘riq sababli mashg‘ulotni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, «Milan» himoyachisi tizzasidagi kichik jarohat bois mashg‘ulotda qatnashmagan.
Fransiya termasining qolgan ishtirokchilari to‘liq tarkibda jamoa mashg‘ulotlarida qatnashishmoqda. Olive Jiru, Antuan Grizmann va Kilian Mbappe Marokashga qarshi o‘yinda yengil jarohatlar olishgan, ammo bu ularga Argentinaga qarshi o‘ynashga to‘sqinlik qilmaydi. Rabio va Yupamekano ham mashg‘ulotlarga kirishgan: yarimhimoyachi yugurish mashqlarini boshlagan, fransuzlar himoyachisi esa jamoa bilan shug‘ullana boshlagan.
Desham shanba kungi o‘yin oldidan navbatdagi matbuot anjumanida ham jurnalistlarning virus haqidagi savollariga javob berishiga to‘g‘ri keldi.

Foto: Tribuna.uz / O‘tkir Jalolxonov
«Salomatligim qanday? Juda yaxshiman, futbolchilarning oldidan kelayotganimda ular uxlashayotgandi. Balki kechqurun, ehtimol, ertaga aniq nimadir deya olarman. Bizda hech qanday bosim yo‘q, xotirjam o‘yinga tayyorlanyapmiz, ammo baribir bu — final, jahon chempionati finali, jiddiy yondashish kerak. Hozirgi Argentina va 4 yil avvalgisini taqqoslab bo‘lmaydi, ularning uslubi ham o‘zgargan.
To‘g‘risi, virus haqida siz bilgandan ko‘p narsa bilmayman. Bizda shifokorlar bor, ular ishlashmoqda, bor imkoniyatdan kelib chiqib finalga tayyorlanamiz, vaziyatga moslashamiz. Fransiya murabbiyi bo‘lish juda ajoyib. Biz chinakam jamoamiz va jamoa faqat mendan iborat emas.
O‘yinni ko‘rgani kim kelishi haqida o‘ylayotganim yo‘q, mening xayolim o‘yinga qaratilgan.
Argentinaning muxlislari ko‘proq bo‘ladi? Bilishimcha, butun musobaqa davomida ularning muxlisi eng ko‘p bo‘ldi. Ammo ular bunga ishonib qoladi, deb o‘ylamayman. Maydonda Fransiya muxlislari ham kam bo‘lmaydi. Bizning muxlislar juda zo‘r. Ammo ikki jamoa ham faqat maydondagi narsalar haqida o‘ylayotgan bo‘lsa kerak», deya Deshamning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.
U ayrim fransuzlar ham Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messining JCh-2022 finalida g‘alaba qozonishini xohlashlarini tan oldi.
«Final oldidan menda alohida his-tuyg‘ular yoki stresslar yo‘q. Bunday o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rayotganda diqqatni jamlash kerak. Jahon chempionati finali atrofida ba’zi kontekstlar borligi aniq. Bizning vazifamiz — kubokni yutish. Bilaman, Argentinada, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlar va, ehtimol, ba’zi fransuzlar Messining jahon chempionatida g‘olib chiqishiga umid qilishmoqda. Lekin biz maqsadimizga erishish uchun bor kuchimizni ishga solamiz», dedi fransiyaliklar bosh murabbiyi beIN Spors'ga.
Argentinada nima gaplar?
Argentina atrofidagi asosiy muhokama mavzusi – payshanba kungi mashg‘ulotlarda Lionel Messi qatnashmagani bo‘ldi. Buning sababi – Xorvatiyaga qarshi o‘yindan keyingi qo‘shimcha tiklanish mashg‘ulotlari. Avvalroq Messi yarimfinal oxirida bir necha bor sonini ushlab qolgani tufayli uning mushaklarida muammo yuzaga kelgani xabar qilingandi. Ammo o‘yindan keyin futbolchi xavotirlarni yo‘qqa chiqarib, finalga tayyor bo‘lishini aytdi: «Men o‘zimni juda yaxshi his qilyaman, o‘zimni kuchli his qilyapman va har bir o‘yinda maydonga tushishga tayyorman».

Terma jamoa darvozaboni Emiliano Martines ham uning holati yaxshiligini bildirdi.
«Yo‘q-yo‘q, u jarohat olmagan. Biz Niderlandiyaga qarshi 120 daqiqa o‘ynadik, bu uning uchun og‘ir uchrashuv bo‘lgandi, ammo ko‘rib turganingizdek, u har o‘yinda oxirigacha o‘ynashni xohlamoqla», degan darvozabon.
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni payshanba kuni jamoani ikki guruhga ajratgan: bir guruh maydonda, boshqasi — zalda mashg‘ulot o‘tkazgan. Messi ikkinchi guruhda bo‘lib, Alexandro Gomesa va Lautaro Martines bilan birga mashg‘ulotlarda qatnashgan. Maydondagi mashg‘ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq bo‘lgan, unda Anxel Di Mariya ham ishtirok etgan, u bungacha sport formasi yaxshi emasligi tufayli o‘ynay olmayotgandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh yaqin 48 ichida Eronning ehtimoliy javob zarbasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda - NBC News
Jahon | 12:57
-
Neuralink chipi o‘rnatilgan erkak bir haftada fikr kuchi orqali videoo‘yin o‘ynashni o‘rganib oldi
Jahon | 12:28
-
O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlardan ehtiyotkorlikni oshirishni so‘radi
O‘zbekiston | 12:06
-
Bu sodir bo‘ldi: AQSh tarixda ilk marta Eronga zarba berdi
Jahon | 11:58
Mavzuga oid

12:31 / 20.06.2025
«Inter Mayami» Messining shedevri bilan kambek qildi, «PSJ»da sensatsion mag‘lubiyat

12:00 / 16.06.2025
Messi golsiz boshladi, «PSJ» «Atletiko»ni ham yakson etdi, «Bavariya» 10 ta gol urdi

17:44 / 14.05.2025
Yamal Messining yoshligidan kuchliroqmi?

15:10 / 01.05.2025