Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada dunyodagi eng nomdor tennischi qamoqdan ozod etildi
Boris Bekker qarzlarni to‘lashdan bosh tortgani uchun qamalgan edi.

Foto: East News
Dunyodagi eng taniqli tennischilardan biri, «Katta dubulg‘a» turnirlarining 6 karra g‘olibi, teleboshlovchi, germaniyalik Boris Bekker Buyuk Britaniyada qamoqdan ozod etildi. U qarzlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun 8 oylik jazoni o‘tadi va «namunali xulqi» evaziga ozodlikka chiqarildi.
Bekker shu yilning aprel oyida London sudi tomonidan qamoq jazosiga mahkum qilingandi. Hakamlar hay’ati tennischini kreditorlarni aldaganlikda aybdor deb topib, 20 yil avval Germaniya sudi tomonidan xuddi shunday qaror qabul qilinganini eslatib, uni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. O‘sha paytda Bekker soliqlardan bo‘yin tovlagani uchun 2 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilingandi.
15 yillik faoliyati davomida 6 marta «Katta dubulg‘a» turnirida g‘olib chiqqan dunyodagi eng nomdor tennischi hech qachon pulga muhtoj bo‘lmagan. Ammo ochko‘zlik qurboniga aylandi.
Bekker 1999 yilda professional faoliyatini yakunlab, Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tib, sport ko‘rsatuvi boshlovchisi bo‘lib ishlayotgan edi. Biroq, 2017 yilda Bekker kreditorlarga jami 50 million funt sterlingni to‘lay olmasligini aytib, bankrotlik to‘g‘risida ariza berdi.
Keyinchalik tergovda sportchining o‘ziga tegishli bo‘lgan aktivlar va ko‘chmas mulklari haqidagi ma’lumotlarni yashirgani, shuningdek, bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgan paytda sobiq xotiniga katta miqdorda pul o‘tkazib bergani aniqlandi.
Britaniya matbuotiga ko‘ra, endi Bekker yaqin orada Germaniyaga deportatsiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Pokiston fuqarolarga viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtiradi
Turizm | 09:47
-
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi
Jahon | 09:45
-
Olib kirilayotgan biologik faol qo‘shimchalarda giyohvandlik vositalari mavjudligi aniqlanadi
O‘zbekiston | 09:20
-
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda
Jahon | 08:46
Mavzuga oid

13:32 / 26.07.2025
Ye3 davlatlari G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

11:19 / 24.07.2025
O‘zbekistonlik hamshiralar Britaniyaga ishga jalb etilishi mumkin

23:20 / 22.07.2025
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi

15:25 / 22.07.2025