Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident so‘nggi bir haftadagi vaziyat uchun Ramatov va boshqa rahbarlarni tanqid qildi
Davlat rahbari hududlarda energiya ta’minotini yaxshilash masalasiga to‘xtaldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yig‘ilish avvalida davlat rahbari so‘nggi kunlarda aholini qiynayotgan energiya ta’minoti masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
Oxirgi olti yilda sohada katta o‘zgarishlar bo‘lgani, jumladan:
- 5 ming megavattdan ortiq yangi elektr quvvatlari yaratilgani (avvalgi 25 yilda bor-yo‘g‘i 3,3 ming megavatt quvvatlar ishga tushgan);
- 45 ming kilometr elektr tarmoqlari va 13 mingdan ortiq transformator punktlari yangilangani (bu ham avvalgi yillarga nisbatan 3-4 baravar ko‘p);
- suyultirilgan gaz va ko‘mir ishlab chiqarish hajmlari 1,5 baravarga oshgani ta’kidlandi.
«Lekin bir hafta bo‘lgan sovuqda O.Ramatov, M.Abdullayev, F.Abdurahmanov, D.Isaqulov, U.Mustafoyev, B.Normatov, B.Eshmurodov, viloyat, tuman, shahar hokimlari va sektor rahbarlari pastda ishlamagani ko‘rinib qoldi.
Ular qishga tayyorgarlikni barbod qildi, shuncha qilayotgan islohotlarimizni obro‘sizlantirdi.
Vaholanki, ularning tizimida 115 mingdan ziyod xodimlardan iborat katta armiyasi bor. Ular ham oylik oladi», dedi prezident.
Yig‘ilishda bugungi og‘ir vaziyatda elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘riliklar davom etayotgani, bunga joylardagi rahbarlar befarq va sherik bo‘layotganiga chidab bo‘lmasligi qayd etildi.
Dekabr oyi boshidan qariyb 3 mingta, so‘nggi ikki kunda esa 1,5 mingta bunday holat aniqlandi. Ular ayniqsa, Farg‘ona (617 ta), Andijon (325 ta), Samarqand (252 ta), Namangan (220 ta), Sirdaryo (218 ta), Toshkent shahrida (269 ta) ko‘p.
Misol uchun, elektrdan 8 million kilovatt o‘g‘irlangan, bu – kuz-qish mavsumida 41 ming hovli uylarning bir oylik iste’moliga teng.
Shu bilan birga, 11,5 million kub metr yoki 19 ming xonadonning bir oylik iste’moliga teng tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandi.
O‘tgan hafta Namanganda 110 tonna, Qoraqalpog‘istonda 22 tonna aholiga berilishi kerak bo‘lgan ko‘mir noqonuniy ravishda sotib yuborilgan.
«Bu viloyatlar hokimi, prokurori, ichki ishlar idoralari nima bilan band?» - deya savol qo‘ydi prezident.
Viloyat hokimlari qozonxona, gaz va ko‘mir tarqatish shoxobchalari, avtopark, elektr tarmoqlariga borib, ishlarni ko‘zi bilan ko‘rmagani, bu ishlarni tashlab qo‘ygani keskin tanqid qilindi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
Jahon | 12:46
-
Yil boshidan beri qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lov tayinlangani aytildi
Iqtisodiyot | 12:43
-
«Meduza» asoschisi Timchenko Rossiyada sirtdan hibsga olindi
Jahon | 12:21
-
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi
Iqtisodiyot | 12:15
Mavzuga oid

17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi

09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi

18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?

14:01 / 25.03.2025