Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2022. Argentina Xorvatiyani yirik hisobda yengib finalga yo‘l oldi, Messida gol+assist, Alvaresda dubl

Foto: FIFA
2022 yilgi jahon chempionatida dastlabki finalchi aniqlandi.
Birinchi yarimfinalda Argentina Xorvatiya bilan to‘qnash kelib, raqib darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritdi. Messi hisobni ochgan bo‘lsa, Alvares dublga erishdi.
Leo ajoyib reydi orqali assistni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi va ushbu mundialda gol+paslar soni bo‘yicha Fransiya hujumchisi Kilian Mbappeni (7) ortda qoldirib, peshqadamga aylandi — 8. To‘purarlar poygasida esa ikkala futbolchida ham gollar soni tenglashdi — 5.
Argentinaning finaldagi raqibi 14 dekabr oqshomidagi Fransiya-Marokash bahsida aniqlanadi. Final 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
JCh-2022. Yarimfinal
Argentina — Xorvatiya 3:0
13 dekabr, «Lusail»
Gollar: Messi (34, penalti), Alvares (39, 69).
Argentina – Emiliano Martines, Molina (Foyt, 86), Otamendi, Romero, Talyafiko, De Paul (Palasios, 74), Mak Allister (Korrea, 86), Paredes (Lisandro Martines, 62), Fernandes, Messi, Alvares (Dibala, 74).
Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa (Orshich, 46), Modrich (Mayer, 81), Kovachich, Brozovich (Petkovich, 50), Perishich, Pashalich (Vlashich, 46), Kramarich (Livaya, 72).
Ogohlantirishlar: Livakovich (32), Kovachich (32), Romero (68), Otamendi (71).
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston | 17:47
-
Idish yuvish gubkasi: hojatxona tagligidan 456 baravar ko‘p bakteriya saqlaydigan oshxona buyumi haqida nimalarni bilasiz?
Jamiyat | 17:19
-
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 17:16
Mavzuga oid

21:58 / 17.12.2022
Xorvatiya Marokashni mag‘lub etib, bronzaga ega chiqdi

03:22 / 10.12.2022
JCh-2022. Argentina Niderlandiya bilan dramatik o‘yinda penaltilar seriyasi orqali yarimfinalga yo‘l oldi

02:17 / 04.12.2022
JCh-2022. Argentina Avstraliyani mag‘lub etib chorakfinalga yo‘l oldi, Messi yubiley o‘yinida gol urdi

02:24 / 01.12.2022