O‘zbekiston Izmir shartnomasini ratifikatsiya qildi
Prezident «Izmir shartnomasini (Izmir, 1996 yil 14 sentabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni imzoladi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 8 noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 18 noyabrda ma’qullangan.
Izmir shartnomasi 1996 yil 14 sentabrda 10 ta davlat tomonidan imzolangan edi:
- Afg‘oniston;
- Ozarboyjon;
- Pokiston;
- Qirg‘iziston;
- Qozog‘iston;
- Tojikiston;
- Turkiya;
- Turkmaniston;
- Eron;
- O‘zbekiston
- va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) ta’sis hujjati hisoblanadi.
Shartnomada Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tashkiliy tuzilmasi, maqsadlari va faoliyat tamoyillari, moliyaviy masalalar va tashkilotda qarorlarni qabul qilish tartibi belgilangan.
O‘zbekiston tomonidan Izmir shartnomasi ratifikatsiya qilinishi Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun huquqiy asos yaratadi, tashkilotga a’zo davlatlar bilan keng hamkorlik qilish imkonini beradi.
O‘zbekiston tashkilotda to‘laqonli ishtirok etishi xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, transport-logistika yo‘laklarini, tranzit yuklarni tashish uchun tariflarni birxillashtirish yo‘li bilan kengaytirish, mamlakat hududlari turistik jozibadorligini oshirish imkonini beradi.
Mavzuga oid

09:48 / 14.03.2025
Foydali qazilmalar va mudofaa sohasida hamkorlik, axborot almashinuvini kuchaytirish – O‘zbekiston-Fransiya strategik sheriklik shartnomasida nimalar ko‘zda tutilgan?

11:29 / 26.02.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida fuqarolar kelib-ketishi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritildi

12:40 / 14.02.2025
Korporativ shartnomaning huquqiy maqomi belgilandi

13:33 / 15.01.2025